Kegl cc pechat indd
Download 175.39 Kb.
|
Velosiped va uni haydab ketayotgan o‘quvchi tizimida:
1) ilgarilanma harakat; 2) aylanma harakat; 3) tebranma harakat qilayotgan qismlarni ко ‘rsata olasizmi? 44 JISMLARNING MEXANIK HARAKATI. TRAYEKTORIYA Siz fizika darsida o£qituvchingiz berayotgan saboqni tinglab o‘tiribsiz. Bundan oldin uyingizdan chiqib maktabga kelgansiz. Siz o‘tirgan stol, maktab binosi esa joyida turibdi. Derazadan qarasangiz o£tib ketayotgan kishilarni, avtomobillarni ko£rasiz. Ularga qarab ayrimlarini harakatda, ayrimlarini harakatsiz, degan xulosa chiqarasiz. Bunday xulosani chiqarishda biz nimalarga e’tibor berdik? Har bir narsa yoki predmet berilgan vaqtda ma’lum bir joyda bo£ladi. Masalan, sinfda siz o£tirgan parta eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan. O'qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda o£tiribdi. O'qituvchi o£rnidan turib doska oldiga bordi. Endi u sizdan 2,5 m uzoqlikda. Demak, o£qituvchingizning sinfda turgan o£rni vaqt o£tishi bilan o£zgardi. Xuddi shunday mashinalarning ham sizga nisbatan o£rni vaqt o£tishi bilan o£zgarganligi tufayli ularni harakatda degan xulosaga borasiz. Sinf devorining o£rni esa o£zgarmaydi. Bu harakatlarning hammasini mexanik harakat deb ataymiz. IMexanik harakat deb, jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joylashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga aytiladi. Bu yerda biz boshqa jismlar deganda daraxtni, binoni, poyezd vagoni o£rindig£ini va h.k.larni tushunamiz. Jismning turgan o£rni mana shu tanlangan jismga nisbatan vaqt davomida qaralganligidan uni sanoq jismi deb ataymiz. Tanlangan sanoq jismi bir jismga nisbatan harakatsiz bo£lsa, boshqa jismga nisbatan harakatda bo£lishi mumkin. Masalan, sanoq jism sifatida Toshkentdan Samarqandga borayotgan poyezdni olsak, unda odam poyezd vagoniga nisbatan harakatsiz bo£ladi. Lekin vagonning o£zi yerga nisbatan harakatda. Shu sababli jismlarning harakatini o£rganishda, albatta, sanoq jismi tanlanishi kerak. Jismlar harakatlanganda fazoda iz qoldiradi. Bu izlar ko‘zga ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligi mumkin. Ko‘rinishi yoki ko‘rin- masligidan qat’i nazar shu izga trayektoriya deyiladi. Dalada yurgan avtomobil, traktor yoki osmonda uchayotgan samolyot qoldirgan izlar Ibunga misol bo£la oladi. Trayektoriyaning shakliga qarab harakat to6gfri chiziqli yoki egri chiziqli boiadi. Avtomobil g£ildiragining o£qi В yerga nisbatan to£g£ri chiziqli, gardishidagi A nuqta g£ildirak o£qi В ga nisbatan egri chiziqli harakatda bo£ladi (21-rasm). Stadionda yugurayotgan sportchining trayektoriyasi 1 va 2 oraliqda egri, 3 va 4 oraliqda to£g£ri chiziqli bo£ladi (22-rasm). 21-rasm. 22-rasm. Trayektoriyaning shakli qaralayotgan sanoq jismiga nisbatan turlicha bo£lishi mumkin. Masalan, Oyning Yerga nisbatan harakati aylana shaklida bo£lsa, Quyoshga nisbatan murakkab shaklda bo£ladi. Chunki Yer Oy bilan birgalikda Quyosh atrofida harakatlanadi. Xuddi shunday avtomobil dvigatelida sovituvchi parrak uchining harakat trayektoriyasi dvigatelga nisbatan aylanadan iborat bo£lsa, yerga nisbatan vintsimon bo£ladi. ®Harakatlanayotgan jismni har doim ham rasmda ifodalash noqulay. Shunga ko‘ra, trayektoriya uzunligi jism oichamlaridan juda katta boigan hollarda jismni moddiy nuqta deb qaraladi. Masalan, Toshkentdan Buxoroga qarab uchayotgan samolyotni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin ko£prikdan o£tayotgan poyezdni moddiy nuqta deb qarab bo£lmaydi. Moddiy deyilishiga sabab o£lchamlari hisobga olinmasa-da, uning massasi, tezligi va boshqa fizik kattaliklari mavjudligicha qoladi. 1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi? 2. Sanoq jismi deganda nimani tushunasiz? 3. Yozayotganingizda ruchkangizning uchi qanday harakatda boladi? 4. Harakatlanayotgan jismlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin boigan hollar uchun misollar keltiring. 46 JISMLARNING BOSIB 0‘TGAN YO‘LI VA UNGA KETGAN YAQT. BOSIB 0‘TILGAN YO‘L (MASOFA) VA VAQT BIRLIKLARI Mexanik harakatda jismning vaziyati vaqt o£tishi bilan o‘zgarishini bilib oldingiz. Bu o£zgarishni xarakterlash uchun bosib o‘tilgan yoi va vaqt tushunchalari kiritiladi. Bosib d'tilgan уоЧ deb jismning harakat trayektoriyasining uzunligiga aytiladi. Yo£lni o£lchash uchun uzunlik birligi metrdan foydalaniladi. Yo£lni inglizcha space — masofa, length — uzunlik so‘zlarining bosh harfi s yoki / harflari bilan belgilanadi1. Jism ma’lum bir vaqt mobaynida harakatlanadi. Vaqt juda murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun unga oddiy ta’rif berib bo£lmaydi. Shunga ko£ra o£zimiz o£rganib qolgan tushunchamiz bo£yicha ishlatamiz. Masalan, avtobus Guliston shahridan Toshkentga 2 soatda yetib keldi. Vaqtni inglizcha time so£zining bosh harfi t bilan belgilaymiz. Demak, t= 2 soat. Bosib o‘tilgan yo£l uzun yoki qisqaligiga qarab, metrdan tashqari qulaylik uchun km, dm, sm va mm larda ham o£lchanadi. Masalan, Yerdan Quyoshgacha bo£lgan o£rtacha masofa 150000000 km, Yerdan Oygacha bo£lgan o£rtacha masofa 384000 km, Yer radiusi-6400 km, Urganchdan Nukus shahrigacha yo£l uzunligi~170 km, maktab yugurish yo£lkasining uzunligi 100 m, shilliq qurtning o£tgan masofasi 15 sm va h.k. 1 km= 1000 m; 1 m= 10 dm; 1 dm= 10 sm; 1 sm=10 mm. Jismlarning harakatlanish vaqti sekundlarda o£lchanadi. Zaruratga qarab vaqtni millisekund, minut, soat, sutka va h.k. birliklarda belgi- lash mumkin. 1 sutka = 24 soat; 1 soat=60 minut; lmin = 60 sekund. Jismlarning harakatlanish vaqti yoki bosib o‘tgan yoilarini solishtirish uchun ularni bir xil oichov birligiga keltirish zarur! 1Вundan keyin fizik kattaliklarni ularning inglizcha nomlarining bosh harfi bilan belgilab boramiz. Download 175.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling