Kegl cc pechat indd
Download 175.39 Kb.
|
1.Atom va molekula bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Molekula tarkibida nechta atom borligini qanday bilish mumkin? 3.Molekula kattami yoki bakteriyalarmi? Bakteriya o‘lchamini botanika yoki zoologiya kitoblaridan qarab solishtirib ko(ring. У 5-rasm. 10-MAVZU J MOLEKULALARNING 0‘ZAR0 TA’SIRI VA HARAKATI. BROUN HARAKATI Xonada atir solingan idish qopqog£ini ochib bir tomchisini qo£lga yoki kiyimga tomizaylik. Birozdan so£ng uning hidini boshqalar ham sezishadi. Quruq naftalinni berk idishdan olib stolga qo£ysak, uning hidini ham sezamiz. Ma’lumki, hidni sezish uchun atir yoki naftalinning zarralari burnimizga yetib kelishi kerak. Demak, atir yoki quruq naftalin zarralardan tashkil topishidan tashqari, bu zarralar harakatda bo£lar ekan. Xona sovib ketsa, undagi pechkaga gaz, ko£mir yoki o£tin yoqamiz. Pechkaning og£zi berk bo£lsa-da, xona isiydi. Pechkadagi issiqlik xonaning barcha burchaklariga qanday yetib boradi? Bunda ham havo zarralarining harakat qilishi tufayli issiqlik uzatilar ekan. Agar suyuqlikni tashkil etuvchi molekulalar harakatda bo£lma- ganida, daryolar va ariqlarda suv oqmas edi. Xullas, gazlarda, suyuq- liklarda molekulalarning harakat qilishlariga ishonch hosil qildik. Qattiq jismlarda ham zarralar harakatda bo£ladimi? Buning uchun quyidagi tajribani ko£raylik (6-rasm). Metalldan yasalgan shar olaylik. Simdan shar tegib o£tadigan halqa yasaylik. Halqa orqali sharni bir necha marta o£tkazib ko£ramiz. Shundan so£ng sharni qizdiramiz. Endi halqadan sharni o£tkazmoqchi bo£lsak, o£tmaydi. Sharni tashkil etgan zarralar harakati tufayli qizigan shar kengayib qolar ekan. Shunday savol tug£iladi: moddalarni tashkil etgan zarralar qanday harakatlanadi? Zarralar harakatini birinchi bo£lib kuzatgan odam ingliz botanigi Robert Broun edi. U 1827-yilda ko£zga ko£rinmaydigan gul changi (spora — urug£)ni suyuqlikka soladi va mikroskopda kuzatadi. Kuzatishlar shuni ko£rsatadiki, gul changi zarralari to£x- tovsiz harakat qilar ekan. Ular uchun kechasimi, kunduzimi yoki 6-rasm. 22 qishmi, yozmi baribir, harakat to£xtamas ekan. Bundan tashqari, zarralar harakati mutlaqo tartibsiz. Buni tushunish uchun shunday voqeani ko£z oldingizga keltiring. Sinfga puflangan bir nechta turli rangli sharlarni qo£yib yuboraylik. Bolalar ularni turtib o£ynasin. Shunda qizil shar 2 s dan keyin qayerda bo£lishini ayta olamizmi? Albatta yo£q. Chunki sharlar harakati turtkilar tufayli tasodifiy bo£lib, tartibsiz holda bo£ladi. Shunga o£xshash, suyuqlik molekulalari barg zarrasi bilan to£xtovsiz to£qnashib turishi tufayli harakati tartibsiz bo£ladi. Demak, moddani tashkil etgan molekulalar to£qnashuvlar tufayli to£xtovsiz va tartibsiz harakatda bo£ladi. I Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tartibsiz harakati fanga Broun harakati nomi bilan kirdi. Molekulalar to£xtovsiz va tartibsiz harakatda bo£lar ekan, nega qattiq jism va suyuqlik alohida molekulalarga ajralib tarqalib ketmaydi? Bunga sabab shuki, ular orasida o£zaro tortishish kuchlari mavjud. Bu kuchlar ularni bir-biriga bog£lab ushlab turadi. Bu kuchlarning ta’sir doirasi qanday? Bir cho£pni olib sindiraylik. Endi ularni bir-biriga tekkizib qanchalik jipslab qo£ymaylik cho£p butun bo£lib qolmaydi. Chunki cho£pning singan qismidagi molekulalarni yetarli darajada yaqinlashtirib bo£lmaydi. Demak, molekulalar orasidagi o£zaro ta’sir kuchi juda yaqin masofada namoyon bo£lar ekan. Bu masofa molekula o£lchamlariga juda yaqin bo£ladi. Unda nega plastilinni, xamirni, saqichni bir-biriga tekkizsak, yopishib qoladi? Chunki ulardagi molekulalarni yetarli darajada yaqin masofagacha yaqinlashtirish mumkin. Singan oynani yoki piyolani yelim bilan yopishtirishni ham ikki bo£lak orasida qoladigan bo£sh joylarni to£ldirib, molekulyar kuchlar ta’sir qiladigan holatga keltirish bilan tushun- tiriladi. Metallar chetlarini elektr yoki gaz yordamida qizdirib eritilganda bir-biriga payvandlanib qolishi ham molekulyar kuchlar tufaylidir. Amaliy topshiriq 1. Ota-onangiz yoki akalaringizdan shisha oynadan to£rtburchak shaklida o£nta bo£lak qirqib berishini so£rang. Ulardan bittasi kattaroq bo£lsin. Ularni ho£l latta bilan artib, ustma-ust taxlang. Eng ustiga kattasini qo£ying. Kattasidan ushlab ko£taring. Bunda qolgani ham ko£tariladi. Sababini tushuntiring. 2. Tarelkaga suv quyib chayqab tashlang. Tarelka yuzasi ho£l bo£la- di. So£ngra bir bo£lak sovun olib tarelkaga qattiq bosing va bir-ikki aylantirib oling. Sovunni ko£tarsangiz, tarelka qo£shilib ko£tariladi. Sababini tushuntiring. 1. Nima uchun qattiq va suyuq jismlar o‘z~o‘zidan alohida molekulalarga ajralib ketmaydi? 2. Molekulalar orasida faqat tortishish kuchlari emas, balki itarilish kuchlari ham borligini qanday hodisalar ko‘rsatadi? 3. Havo molekulalari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bormi? TURLI MUHITLARDA DIFFUZIYA HODISASI Oldingi mavzuda gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda molekulalar to£xtovsiz va tartibsiz harakatlanishini bilib oldik. Uni tasdiqlaydigan hodisalardan biri diffuziya (lotincha diffuziya — tarqalish, sochilish) hodi- sasidir. Diffuziya deb o‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkin- chi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi. Diffuziya hodisasiga misol tariqasida xonada to‘kilgan atir hidining tarqalishi, suyuqlikka solingan shakar yoki tuzning erishini keltirish mumkin. Xonada atirning to£kilgan vaqtini belgilab, undan bir necha metr masofada o£tiraylik. Uning hidini darhol emas, balki ma’lum vaqt o£tgandan so£ng sezamiz. Nima sababdan shunday bo£ladi? Chunki atir bug£langanda molekulalarga ajralib, havo molekulalari orasiga kirishadi. Molekulaning tezligi katta bo£lsa-da (sekundiga bir necha yuz metr), u o£z yo£lida juda ko£p marta havo molekulalari bilan to£qnashib, o£z yo£nalishini o£zgartiradi. Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish uchun quyidagi tajribani bajaraylik. Stakan olib, unga bir choy qoshiqda shakar solaylik. So£ngra juda sekin, shakar bilan aralashib ketmaydigan holda suv quyaylik. Birozdan so£ng stakan tagidagi suvning xiralashganligini ko£ramiz. Bu shakar 7-rasm. qiyomi. Stakanni chayqatib yubormasdan ustidan bir ho£plam ichib ko£ring. 15—20 minutdan so£ng yana ichib ko£ring. Suv mazasi qanday o£zgargan? Endi tajribani suv va margansovka (kaliy permanganat) bilan o£tkazaylik. Bunda diffu- ziyaning borishini stakandagi suv rangining pastidan boshlab o£zgara boshlaganligi orqali kuzatamiz (7-rasm). 24 Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi kuzatiladi. Shunday tajriba o£tkazishgan. Juda yaxshi silliqlangan qo£rg£oshin va oltindan yasalgan ikkita plastinani olib, bir-birining ustiga qo£yishgan. Ular ustidan yuk bostirib, xona temperaturasida 4—5 yil qoldirishgan. Shundan so£ng ularni olib qaralsa, plastinalar bir-biriga taxminan 1 mm kirishib ketganligi kuzatilgan. Misr piramidalari yo£nilgan toshlardan taxlab qurilgan. Lekin bu toshlar tutashgan joylaridan yomg£ir ichkarisiga o£tmaydi. Chunki ming yillab bir-biriga yuk ostida tegib turganligidan tegish qatlamlari o£zaro diffuziyalanib ketgan. Demak, diffuziya hodisasi gazlarda tezroq, suyuqliklarda sekinroq, qattiq jismlarda juda sekin boradi. Diffuziyaning borish tezligi temperaturaga ham bog£liq. Temperatura ortishi bilan diffuziya tezlashadi. Diffuziya hodisasi tabiatda muhim rol o£y- naydi. Masalan, diffuziya tufayli havoga sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli gazlar tarqalib ketadi. Nafas chiqarilganda chiqqan karbonat angidrid gazi ham burun atrofida to£planib qolmaydi. Sabzavotlarni tuzlash ham diffuziya hodisasiga asoslangan (8-rasm). Diffuziya inson va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Masalan, havodagi kislorod diffuziya tufayli inson terisi orqali organizmga kiradi. Diffuziya tufayli oziqlantiruvchi moddalar hayvonlar ichagidan qonga o£tadi. Download 175.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling