Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet19/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
у * \
»-=V

Elastiklik kuchi




1 N FT

Tortishish kuchi

0^7

Elektr va magnit kuchlari

Г ^

23 -rasm.
Kuchni oichash. Kuchni o‘lchash uchun dinamometr (grekcha dinamis — kuch, metreo — o‘lchayman) deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi.
1
Asbob taxtachaga o£rnatilgan prujina, prujina uchiga mahkamlangan ko£rsatkich sim hamda o£sha joyga ulangan shkala bo'ylab siljiy oladigan sterjendan iborat. Sterjen uchida ilmog£i bo£lib, unga yuk osiladi. Ilmoqqa yuk osilsa, prujina cho£ziladi. Yuk massasi m= 102g bo‘lsa, prujina uchidagi ko‘rsatkich sim 1 raqamida to£xtaydi (24-rasm). Bunda prujina cho£zilishida hosil bo‘lgan elastiklik kuchi yukning og‘irlik kuchiga teng bo£ladi. Dinamometrning strelkasi IN kuchni ko£rsatadi. Unga yana 1 N og‘irlikdagi yukni ossak, dinamometr prujinasi cho£zilib, ko£rsatkich sim uchi pastga siljiydi. U joyga 2 raqami qo£yilgan bo£lib, ta’sir etayotgan kuchning 2 N ga tengligini bildiradi. Yuklarni shu tarzda ko‘paytirib borib, dinamometr bilan ularning og£irliklarini o‘lchash mumkin. Umuman olganda, jism massasi m ma’lum bo£lsa, unga ta’sir etayotgan og‘irlik kuchini Foglh kuch (ef) bilan belgilab,
;m=102 g
24-rasm.
formula orqali hisoblab topish mumkin.
N
g=9,81jj^ ga teng bo‘lib, Yer sirtida taqriban o‘zgarmas kattalikdir.
Hk 1. Atrofga qarab o‘zaro ta’sirlashayotgan jismlarga misollar kel- tiring.
2. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkin?
3. Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli?
Uyga topshiriq
Prujina, ilmoqli sim, millimetrli qog£ozdan foydalanib dina­mometr yasang va kitobingiz, daftaringiz, o£quv qurollaringiz- ning o£g£irligini o‘lchang.
4-mashq
1. 0£quvchini tarozida tortishganda massasi 32 kg chiqdi. Uning og£irligi necha N ga teng? {Javobi: 314 N.)
2. Dinamometrga yuk osilganda, uning ko£rsatishi 24,5 N ga teng bo£ldi. Unga qanday massali yuk osilgan? {Javobi: 2,5 kg.)
3. Dehqon yelkasida 50 kg sabzi solingan qopni ko£tarib turibdi. Dehqonning massasi 70 kg. Dehqon yerga qanday kuch bilan bosadi? (Javobi: 1176 N.)
4. Bir jismning massasi ikkinchisidan ikki barobar katta. Ularga ta’sir etuvchi og£irlik kuchlarini solishtiring.
5. 480 mN kuchni N larda ifodalang.
LABORATORIYA ISHI. DINAMOMETR YORDAMIDA KUCHLARNI 0‘LCHASH
Kerakli asboblar. Dinamometr, turli massali jismlar, rezina, uchida ilmog£i bor silliq taxtacha, stol.
Ishni bajarish.
1. Og£irlik kuchini o£lchash. Dinamometrni olib, shkalasini o£rganing. Dinamometrning o£lchash chegarasini va aniqlik darajasini yozib oling. Dinamometrni shtativga mahkamlab, uning ilmog£iga turli massali jismlarni iling (24-rasmga qarang). Har safar dinamometr ko£rsatishlarini yozib oling.
2. Ishqalanish kuchini o£lchash. 1-tajriba. Stol ustiga uchida ilmog£i bor silliq taxtachani qo£ying. Dinamometr ilmog£ini taxtacha ilmog£idan o£tkazing (25-rasm).
25-rasm.
Dinamometr uchidan ushlab, sekin torting. Jism joyidan qo£zg£algandan boshlab, iloji boricha, jismni juda sekin tekis harakat qildiring. Shu holatda dinamometr ko£rsatishini yozib oling.
®Izoh: Jism tekis harakatlantirilganda tortuvchi kuch F, ishqalanish kuchi F . ga teng bo ‘ladi. F= F ,
ishq. ° ° ishq.
2-tajriba. Taxtacha ustiga 1 kg toshni qo£ying. Tajribani takrorlang. Dinamometr ko£rsatishidan foydalanib, ishqalanish kuchini aniqlang. Taxtacha ustiga qo£yiladigan yuklar miqdorini o£zgartirib, ishqalanish kuchlarini aniqlang.
3* Elastiklik kuchini o£lchash. 1-tajriba. Dinamometr- ning asosiy qismi prujina bo£lganligidan, unga yuk osilganda, yukning og£irligi prujinaning elastiklik kuchiga teng bo£ladi.
2-tajriba. Rezinaning elastiklik kuchini o£lchash uchun taxtacha va dinamometr oralig£iga /0 = 15—20 sm uzunlikdagi rezina ulanadi. Dina­mometr uchidan ushlab, yukni tekis 26-rasm. harakat qiladigan holatda tortiladi
(26-rasm). Bunda rezina cho£ziladi va unda hosil bo£lgan elastiklik kuchini dinamometr ko£rsatishidan yozib olinadi.
3-tajriba. Dinamometrni vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. Uning ilmog£iga 10—15 sm uzunlikdagi rezina bog£lanadi. Rezina oxirini siqib, ip bilan bog£lanadi va ip uchini halqa shaklida qoldiriladi. Ipga massasi ma’lum bo£lgan toshlar ilinadi. Dinamometr ko£rsatishidan rezina cho£zilishi tufayli hosil bo£lgan elastiklik kuchi aniqlanadi.
Ishqalanish kuchini oichash jadvali

Yuksiz dinamometr ko‘rsatishi (N)

Taxtachaga qo‘yilgan yuk massasi (kg)

Yukli holatda dinamo­metr ko‘rsatishi (N)










Elastiklik kuchini oichash jadvali

Yuk osilganda dinamometr ko‘rsatishi (N)

Yuk harakatlanganda dinamometr ko‘ rsatishi (N)

Rezina qo‘yilganda dinamometr ko‘rsatishi (N)










56
1. Nima sababdan taxtacha ustiga yuk qo‘yilganda ishqalanish kuchi ortadi?
2. 3-tajribada rezinani ikki buklab bog‘lansa, dinamometr ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi?
3. Og'irlik kuchini tarozi yordamida o‘lchasa boHadimi?
2mvzj
BOSIM VA UNING BIRLIKLARI
Bitta mixni olib, yupqa taxtaga uchini qaratib, orqasiga bolg£a bilan urilsa, mix taxtaga oson kiradi. Agar taxtaga mixni qalpog£i tomoni bilan qo£yib uchiga bolg£a bilan urilsa, mix taxtaga kirmaydi. Har ikkala holda ham bolg£aning zarb kuchi bir xil bo£lsa-da, natija har xil bo£lishiga sabab nima? Buning sababi shundaki, mixning taxtaga kirishi kuch kattaligidan tashqari, qo£yilgan yuzaga ham bog£liq bo£lar ekan.
IYuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fizik kattalikka bosim deyiladi.
Bosim = Bosim kuchi P=F Kuch qo yilgan yuza i
p — bosim, F— bosim kuchi, S — kuch qo‘yilgan yuza.
1N
Bosim [j»l = =1 Paskal bilan o£lchanadi. Qisqacha IPa. Bu birlik fransuz olimi B. Paskal (1623—1662-y.) sharafiga qo£yilgan.
Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Pichoqlar va qaychilar yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini qayrab kichiklashtiriladi.
Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza kichiklashtiriladi (27-rasm).
Aksincha, bosimni kamaytirish uchun yuzani kattalashtiriladi. Og£ir yuk ko£taradigan mashinalarning ballonlari, yengil mashi- nalarnikiga nisbatan enliroq bo£ladi. Qalin qorda yurganda botib ketmaslik uchun oyoqqa chang£i bog£lanadi. Ko£p qavatli binolarning poydevori ham keng qilib quriladi.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling