Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet53/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
36-MAVZUI
ISSIQLIKNI HOSIL QILUVCHI MANBALAR. ISSIQLIK QABUL QILISH
Ma’lumki, issiqlik o£tin, ko£mir, gaz, neft mahsulotlarini yoqishdan hosil qilinadi. Lekin issiqlikning asosiy manbai — Quyoshdir. Yer yuzasiga kelib tushayotgan Quyosh nurlari uni isitadi, undan issiqlik atmosferaning quyi qatlamlariga o£tadi va havo isiydi. Ko£mir, gaz va neft ham Yerga ko£p asrlar davomida tushgan Quyosh nurlari energiyasi mahsulidir. Hattoki foydalaniladigan shamol energiyasi ham Quyosh tufayli bo£ladi.
Xo£sh, issiqlik deganda nimani tushunamiz? Dastlabki davrlarda issiqlikni ham qandaydir modda deb qarashgan. Masalan, gaz yonganda undan issiqlik chiqib suvga o£tadi. Natijada endi issiqlik suvda bo£ladi. Keyin qaynagan suvni gazdan olib qo£ysak, undan
102
issiqlik chiqib havoga o£tadi va h.k. Shunga ko£ra uni o£lchash uchun alohida «issiqlik miqdori» degan fizik kattalik kiritilgan. Shunday tajriba o£tkazaylik. Sovuq qish kunida ikkita muz parchasini qalin qo£lqop bilan ushlab (qo£lingizning issig£i muzga o£tmasligi uchun), ularni bir-biriga ishqalab ko£raylik. Shunda muzlar erib, suv tomchilay boshlaydi. Muzni eritish uchun unga issiqlik nimadan berildi? Qadimda odamlar ikkita yog£ochni ishqalab olov hosil qilganlar. Simni ham bir joyidan bir necha marta tez-tez buklansa, o£sha joyi qizib ketadi. Og£ir bolg£ani ko£tarib metall bo£lagiga bir necha marta urilsa, metall ham isiydi. Bularning barchasida mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Shunga o£xshash ishqalangan barcha jismlarning qizishini turmushda uchratgansiz. Ular haqida eslab ko£ring. Mana shunday tajribalar, issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi haqidagi xulosaga olib keldi. Unda potensial va kinetik energiyadan qaysi biri issiqlik energiyasiga mos keladi? Yoki bir vaqtda ikkalasi hammi? Ma’lumki, moddalar mayda zarralardan tashkil topgan va ular to£xtovsiz harakatda bo£ladi. Kuzatishlar shuni ko£rsatadiki,
I agar modda isitilsa, zarralar harakati tezlashadi. Bundan issiqlik bu moddani tashkil etgan zarralarning kinetik energiyasidir, degan mantiqiy xulosaga kelamiz.
I Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini ifodalovchi
kattalik temperatura deb ataladi.
Muzni eritish jarayonida kuzatishlar shuni ko£rsatadiki, erish paytida uning temperaturasi o£zgarmaydi. Demak, bu paytda unga berilgan issiqlik muz tuzilishi (strukturasi)ni buzishga sarflanadi. Demak, modda issiqligini qisman molekulalar orasidagi potensial energiya ham belgilar ekan. Shunday qilib, issiqlik ham energiyaning bir turi hisoblanadi. U boshqa energiyalar kabi bir turdan ikkinchi turga aylanishi mumkin. Issiqlik miqdori ham boshqa energiya va bajarilgan ish kabi joullarda o£lchanadi!
Ish bajarib issiqlik energiyasini hosil qilish va issiqlik ener- giyasini ishga aylantirish mumkin bo£lganligidan, ish va energiya chambarchas bog£langandir.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling