Kegl cc pechat indd


omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha muzga aylanar edi. Suvda bu paytda hayot ham to


Download 175.39 Kb.
bet56/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha muzga aylanar edi. Suvda bu paytda hayot ham to£xtab qolar edi.
1. Qalin devorli stakan, yupqa devorli stakanga nisbatan issiq suv quyilganda tezroq sinadi. Nima uchun?
2. Suyuqlik va gazlarning issiqlikdan kengayishidan qayerlarda foydalanish mumkin?
3. Benzinni litrlarda о 4chab sotiladi. Uni kunning qaysi vaqtida olish foydali?
38-MAVZUI
QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK UZATILISHI. ISSIQLIK 0‘TKAZUVCHANLIK. KONVEKSIYA
Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o£ta olishini hamma biladi. Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga tarqaladi. Stakanga quyilgan choyga qoshiq solib qo£ysangiz, qoshiq isib qoladi. Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga yetib keladi. Xo£sh, issiqlik qanday uzatiladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz, issiqlik uzatilishi undagi molekulalar harakati bilan bog£liq degan xulosaga keltiradi. E’tibor bergan bo£lsangiz, tutun ba’zan yuqoriga ko£tariladi, ba’zan yoyilib tarqaydi. Havoda ba’zan bulutlar ancha muddat o£zgarishsiz tursa, ba’zan shiddat bilan harakatga tushib qoladi. Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka yonidagi havo qiziganda u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi ta’sirida u yuqoriga ko£tariladi. Uning o£rniga zichligi katta sovuq havo oqib keladi. Natija- da isitilganligi turlicha bo£lgan havo qatlamlari orasida oqim vujudga keladi. Bu hodisaga konveksiya (lotincha —olib kelish) deyiladi. Konveksiyani isiriq yordamida oson kuzatish mumkin (74-rasm). Konveksiya faqat gazlarda emas, balki suyuqliklarda ham bo£ladi. Idish tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga ko£tariladi. Suyuqliklarda konveksiyani namoyish qilib ko£rsatadigan tajribani o£ylab toping.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling