Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet64/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
Shunda qog£oz parchalarining taroqqa tortilib yopishganligini kuzatamiz (83-rasm).
Xuddi shunday hodisani sharikli ruchkani jundan yasalgan buyumga ishqalab qog£oz parcha- larini, boshqa yengil predmetlarga va hatto ingichka suv oqimiga ta’sir qilishini kuzatish mumkin (84-rasm).
84-rasm.
Shokolad o£ralgan shaldiroq metall qog£ozni 2 sm kenglikda kesib uni qalamga o£rab silindr yasaylik. So£ngra uning uchidan teshib ip yordamida osib qo£yaylik. Shisha tayoqchani shoyiga ishqalab osib qo£yilgan silindrga yaqinlashtirsak u tayoqchaga tortiladi va tayoqchaga tekkanidan so£ng undan itariladi! Ikkinchi bir ipga osilgan silindrga junga ishqalangan kahrabo tayoqchani yaqinlashtiraylik. Silindr qahrabo tayoqchaga tortilib unga tekkanidan so£ng undan itariladi (85-rasm). Bularga sabab silindrlar tayoqchalarga tekkanidan so£ng elektrlanib qolishidir.
U. U. 7—
85-rasm.
Endi silindrlarga tayoqchalarning o£rnini almashtirib yaqinlash­tiraylik. Silindrlarning yana tayoqchalarga tortilganliklarini kuzatish mumkin.
Tajribalardan quyidagi xulosalarni chiqaramiz:
1. Elektrlangan jismlar boshqa elektrlanmagan jismlarni, ma­salan, mayda qog£oz parchalarini, soch tuklarini o£ziga tortadi.
2. Elektrlangan bir xil tayoqchalardan zaryad olgan jismlar bir- biridan itariladi. Shisha va kahrabo tayoqchalardan zaryad olgan jismlar bir-biriga tortiladi.
119
*
83-rasm.
Demak, shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada bir turdagi elektr zaryadlari, mo£ynaga ishqalangan kahrabo tayoqchasida ikkinchi turdagi elektr zaryadlari bo£lar ekan.
Fransuz olimi Sh. Dyufe va amerikalik olim B. Franklin taklifiga binoan birinchi turdagi zaryadni shartli ravishda musbat zaryad deb, ikkinchi turdagi zaryadni shartli ravishda manfiy zaryad deb atashga kelishilgan.
Nima sababdan elektrlanmagan jismlar elektrlangan jismlarga tortiladi?
20-asr boshlarida fiziklar atom tuzilishini o£rganib, uning o£rtasida musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar aylanib yurishini aniqladilar (86-rasm).

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling