Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet63/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
V
BOB
KIRISH SUHBATI
Kundalik turmushda biz «elektr» degan tushuncha bilan ko£p duch kelamiz. Elektrning o£zi nima, bu haqda odamlar qachon bilishgan?
Elektrsiz biz kundalik hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Ayting-chi, yoritishsiz va isitishsiz, telefonsiz va elektrodvigatelsiz, kompyutersiz va televizorsiz turmush kechirish mumkinmi? Elektr bizning hayotimizga shunchalik chuqur kirib ketganki, ba’zan «qanday sehrgar bizga ko£p ishlarimizni bajarishga yordam berib kelmoqda» deb o£ylab ham ko£rmaymiz.
Bu «sehrgar» elektr tokidir. Elektr tokining ixtiro qilinishi va u bilan bog£liq boshqa yangiliklarning ochilishi o£n to£qqizinchi asrning oxiri—yigirmanchi asrning boshlariga to£g£ri keladi deyish mumkin. Lekin odamlar elektr bilan bog£liq dastlabki hodisalarni eramizdan oldingi beshinchi asrdayoq kuzatganlar. Ular jun yoki shoyiga ishqalangan kahrabo bo£lagining o£ziga yengil jismlarni, changlarni tortishiga e’tibor berganlar. Qadimgi greklar bu hodisadan qimmatbaho buyumlarni changdan tozalashda foydalanganlar. Ular shuningdek kahrabo taroq bilan soch taralganda soch tolalarining bir-biridan itarilib tikkayganligini kuzatganlar. Kahrabo grekchasiga «elektron» deyiladi. «Elektr» so£zi shundan kelib chiqqan. Ishqalangandan so£ng boshqa mayda jismlarni o£ziga tortadigan jismlarni elektrlangan jism deyiladigan bo£ldi. Agar elektrlangan jismni boshqa elektrlanmagan jismga tekkizilsa, u jism ham elektrlanib qoladi.
Hozirgi kunda dunyoni elektrsiz tasavvur qilib bo£lmaydi. Bir kuni insoniyat va tabiat elektrsiz qolsa nima boladi? Unda dunyo qorong£ulikka cho£kkan, televizor, sovutkich, telefon, plitkalar ishlamagan bo£lar edi. Hayot umuman to£xtagan bo£lar edi. Chunki ko£pgina hayotiy jarayonlar elektr jarayonlari bilan bog£liqdir. Moddaning o£zi ham parchalanib ketar edi. Chunki uni tashkil etuvchi zarralar elektr o£zaro ta’sir tufayli tutinib turadi.
43-MAVZU|
JISMLARNING ELEKTRLANISHI
Elektrni o£rganish oddiy tajribalarni o£tkazishdan boshlangan. Shunday tajribani qilib ko£raylik. Stol ustiga qaychi bilan maydalab qirqilgan qog£oz parchalarini sochib qo£yaylik. Plastmassadan yasalgan taroqni olib uni yaxshilab tozalab, quritaylik. So£ngra yog£siz quruq sochimizni taraylik va qog£oz parchalariga yaqinlashtiraylik.
118

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling