Kegl cc pechat indd


Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi


Download 175.39 Kb.
bet55/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi
mavzuda aytilgan molekulyar harakatdir. Moddalarning bu xossasidan turmushda va texnikada keng foydalaniladi. Temir yo£l relslarini o£rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o£r- natiladi. Elektr o£tkazuvchi simlarni ustunlarga yoz kunida biroz osiltirib tortiladi. Qishda torayish evaziga uzilib ketmasligi uchun shunday qilinadi. Shisha stakanlarga issiq suvni birdaniga quyib bo£lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. Tashqarisi esa kengayib ulgurmaydi. Shu sababli stakan sinib ketadi.
1. Bimetall plastina. 72-rasmda bir-biriga parchinlab mahkamlangan ikkita — mis va temir plastina keltirilgan.
Bu plastinada mis va temir issiqlikdan turlicha kengayadi. Bunday plastina qizdirilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga egiladi. Plastinani juda yuqori temperaturagacha yoki past temperatura- gacha sovitilsa nima bo£ladi? Bu haqda o£ylab ko£ring.
Uning ba’zi bir qo£llanilishlari haqida to£xtalib o£taylik. Uyda ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, sovutkich ma’lum bir vaqt ishlaganidan so£ng to£xtaganini, dazmol ham qiziganidan so£ng qizil chirog£i o£chganligini ko£ramiz. Chunki unda bimetall plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor. Uning ishlash tamoyili 73-rasmda ko£rsatilgan.
2. Suvning issiqlikdan kengayishi haqida. Suv bilan o£tkazilgan tajribalar shuni ko£rsatadiki, sovitilish jarayonida dastlab uning hajmi kamayib boradi. Temperatura 4°С (uy termometri bilan o£lchanadi, bu haqda keyingi mavzuda batafsil aytiladi)ga borganda kamayish to£xtaydi. Sovitish davom ettirilsa, endi uning hajmi, aksincha orta boradi. Bu jarayon suv muzlagunga qadar davom etadi. Demak, suv 4°C da eng katta zichlikka ega bo£lar ekan. Shu hodisaga ko£ra, ko£llarda qish paytida suvning ustki qismi muzlaydi. Ko£l tubida esa 4°C li suv bo£ladi. Agar suv sovishi natijasida bir xilda muzga aylanguncha hajmi kamayib kelganda edi, ko£ldagi yoki suv
105
©

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling