Kegl cc pechat indd


-MAVZU KUCH MOMENTI. RICHAG VA UNING


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

31-MAVZU
KUCH MOMENTI. RICHAG VA UNING 
MUVOZANAT SHARTI
54-rasm.
Quyidagicha tajriba o‘tkazib ko‘raylik. G‘ildirakni 
olib, undan qo‘zg‘almas o‘q o‘tkazaylik. G‘ildirak 
o‘qiga F kuchni 54-rasmda ko‘rsatilganidek 1 nuqta-
ga ta’sir ettiraylik. G‘ildirak harakat qilmaydi. Endi 
shu kuchni 2 nuqtaga qo‘yaylik. G‘ildirak harakatga 
keladi. F kuchni aylanish o‘qidan yanada uzoqroqqa 
qo‘ysak, g‘ildirak shunchalik tez aylanadi.
Demak, aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlar-
ning harakati faqat unga qo‘yilgan kuch kattaligiga bog‘liq 
bo‘lmasdan, balki kuchni aylanish o‘qidan qancha uzoqlikka 
qo‘yil ganligiga ham bog‘liq bo‘lar ekan.
Aylanish o‘qidan kuch qo‘yilgan nuqtagacha bo‘lgan eng qisqa 
masofa kuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo‘nalishi bilan yelka 
o‘zaro tik yo‘nalgan deb qaraladi.
Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarda harakat qo‘yilgan F kuchga 
hamda yelka l ga bog‘liq bo‘lganligidan 
kuch momenti deb ataluvchi 
fizik kattalikni kiritamiz,
M = F · l.
Uning birligi M = 1 N · m. Siz kundalik turmushda og‘ir toshni 
yoki yukni joyidan siljitishda uning tagiga lom tiqib ko‘ta 
rishganini 
ko‘rgansiz (55-rasm). Bunda lom uchiga F
1
kuch bilan ta’sir etib, 
ikkinchi uchidan F
2
kuch olinadi. F
2
kuch F
1
dan bir necha barobar 
katta bo‘ladi. Demak, bu qu rilmada kuch 
dan yutish mumkin ekan. 
Qo‘zg‘al mas ta 
yanch atrofida aylana oladigan qattiq jismga richag 
deyiladi. 55-rasmda richagning ayla nishi O nuqta atrofida bo‘ ladi.
Quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Shta 
tivga qalin chizg‘ichni O nuq-
ta atro 
fida aylana oladigan qilib o‘rnataylik. Richagning o‘ng tomo-
niga olti birlik masofada (A) bitta yukni osaylik. Ikkin 
chi tomonida 
esa uch birlik maso 
faga (B) bit 
ta yukni osib qo‘ysak, muvo-
zanatda bo‘lmaydi. Muvozanat bo‘lishi uchun ikkita yukni osish 
kerak bo‘ladi. A nuqtaga ikkinchi yukni ossak, muvo 
zanatni saqlash


88
uchun B nuqtaga to‘rtta yukni osishga to‘g‘ri keladi (56-rasm). 
Demak, richagda ta’sir etuvchi kuchlar va kuch yelkalari orasida 
quyidagicha munosabat bo‘ladi:
bunda: l
1
OA oraliq uzunligi bo‘lib, F
1
kuchning yelkasi;
l
2
– OB oraliq uzunligi bo‘lib, F
2
kuchning yelkasi.
Richagning muvozanatda bo‘lish sharti Arximed tomonidan 
topilgan.
F
1
· 
l
1
F
2
· 
l
2
dan

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling