Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
musbat zaryad deb, ikkinchi turdagi zaryadni shartli ravishda
manfiy zaryad deb atashga kelishilgan. Nima sababdan elektrlanmagan jismlar elektrlangan jismlarga tortiladi? 20-asr boshlarida fiziklar atom tuzilishini o‘rganib, uning o‘rtasida musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar aylanib yurishini aniqladilar (86-rasm). – neytron – proton – elektron 86-rasm. 87-rasm. Atom yadrosining o‘lchami atom o‘lchamidan taxminan yuz ming marta kichikdir. Lekin yadroda atomning amalda barcha massasi to‘plangan bo‘ladi. Atomning yadrosida musbat zaryadga ega bo‘lgan proton va zaryadga ega bo‘lmagan neytron bo‘ladi. Yadro atrofida aylanib yurgan elektronlarning massasi taxminan ikki ming marta kichik bo‘lib, yadroga tortilishi tufayli undan ma’lum masofada aylanib yuradi. Proton zaryadining miqdori son qiymati jihatidan elektron zaryadiga teng. Shunga ko‘ra, atomning umumiy zaryadi nolga teng. Agar ikkita jismni olib juda yaqinlashtirsak (ishqalasak) atomdagi ayrim elektronlar bir jismdan ikkinchisiga o‘tib qoladi. Shunda elektronlar o‘tib qolgan jism manfiy, elektronini bergan jism musbat ishorada zaryadlanadi. Shunday qilib ortiqcha elektronlarga ega bo‘lgan jism manfiy ishorali zaryadga, elektronlari yetishmaydigan jism musbat ishorali zaryadga ega bo‘ladi. Demak, elektr zaryadlari faqat zaryadlangan zarralar orqali bir jismdan ikkinchisiga o‘tadi. Musbat zaryadlangan tayoqchani zaryadlanmagan metall gilzaga yaqinlashtirilsa, metall gilza tayoqchaga tortiladi (87-rasm). Sababi nimada? 121 Bunga sabab, gilzadagi erkin elektronlar tayoqchadagi musbat zaryadlarga tortilib gilzaning bir tomoniga to‘planadi. Uning qarama- qarshi tomonida musbat zaryadlar qoladi. Manfiy zaryadlar, musbat zaryadlarga nisbatan yaqin joylashganligidan tortishish kuchi itarishish kuchidan katta bo‘ladi. 1. Jismlar ishqalanganda nima sababdan elektrlanib qoladi? 2. Elektrlanish hodisasi foydalimi yoki zararlimi? 3. Tabiatda elektrlanishga oid qanday hodisani kuzatgansiz? Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling