Kegl cc pechat indd
-MAVZU JISMLARNING ELEKTRLANISHI
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
43-MAVZU
JISMLARNING ELEKTRLANISHI Elektrni o‘rganish oddiy tajribalarni o‘tkazishdan boshlangan. Shunday tajribani qilib ko‘raylik. Stol ustiga qaychi bilan maydalab qirqilgan qog‘oz parchalarini sochib qo‘yaylik. Plastmassadan yasalgan taroqni olib uni yaxshilab tozalab, quritaylik. So‘ngra yog‘siz quruq sochimizni taraylik va qog‘oz parchalariga yaqinlashtiraylik. 119 Shunda qog‘oz parchalarining taroqqa tortilib yopishganligini kuzatamiz (83-rasm). 83-rasm. Xuddi shunday hodisani sharikli ruchkani jundan yasalgan buyumga ishqalab qog‘oz parcha- larini, bosh qa yengil predmetlarga va hatto ingichka suv oqimiga ta’sir qilishini kuzatish mumkin (84-rasm). 1 2 3 84-rasm. Shokolad o‘ralgan shaldiroq metall qog‘ozni 2 sm kenglikda kesib uni qalamga o‘rab silindr yasaylik. So‘ngra uning uchidan teshib ip yordamida osib qo‘yaylik. Shisha tayoqchani shoyiga ishqalab osib qo‘yilgan silindrga yaqinlashtirsak u tayoqchaga tortiladi va tayoqchaga tekkanidan so‘ng undan itariladi! Ikkinchi bir ipga osilgan silindrga junga ishqalangan kahrabo tayoqchani yaqinlashtiraylik. Silindr qahrabo tayoqchaga tortilib unga tekkanidan so‘ng undan itariladi (85-rasm). Bularga sabab silindrlar tayoqchalarga tekkanidan so‘ng elektrlanib qolishidir. 85-rasm. Endi silindrlarga tayoqchalarning o‘rnini almashtirib yaqinlash- tiraylik. Silindrlarning yana tayoqchalarga tortilganliklarini kuzatish mumkin. Tajribalardan quyidagi xulosalarni chiqaramiz: 1. Elektrlangan jismlar boshqa elektrlanmagan jismlarni, ma- sa lan, mayda qog‘oz parchalarini, soch tuklarini o‘ziga tortadi. 2. Elektrlangan bir xil tayoqchalardan zaryad olgan jismlar bir- biridan itariladi. Shisha va kahrabo tayoqchalardan zaryad olgan jismlar bir-biriga tortiladi. 120 Demak, shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada bir turdagi elektr zaryad lari, mo‘ynaga ishqalangan kahrabo tayoqchasida ikkinchi turdagi elektr zaryadlari bo‘lar ekan. Fransuz olimi Sh. Dyufe va amerikalik olim B. Franklin taklifiga binoan birinchi turdagi zaryadni shartli ravishda Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling