Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
VI
BOB Bu bobda Siz: – yorug‘likning manbalari; – yorug‘likning tarqalish qonuni; – Quyosh va Oy tutilishi; – yorug‘lik hodisalari haqida Beru niy va Ibn Sinoning fikrlari; – ko‘zgu haqidagi ma’lu mot lar; – kamalak hosil bo‘lishi va oq yorug‘ likning prizmada ranglarga ajralishi; – yorug‘lik hodisalariga doir labora toriya ishlari bilan tanishasiz. YORUG‘LIK HODISALARI HAQIDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR 132 KIRISH SUHBATI Oldingi mavzularda aytganimizdek, Quyosh Yerdagi energiyaning asosiy manbai bo‘lishi bilan birga, undagi organik hayotning sababchisi hamdir. O‘simliklar va daraxtlarning o‘sishi uchun albatta yorug‘lik kerak. Yorug‘lik deganda nimani tushunamiz? Ko‘rish qanday ro‘y beradi? Yorug‘lik nima sababdan qalin oynadan o‘ta oladi-yu, lekin yupqa karton qog‘ozdan o‘tmaydi? Qanday tezlik bilan tarqaladi? Bu kabi savollarga insoniyat qadim zamonlardan javob topishga harakat qilgan. Lekin yorug‘lik o‘z sirlarini, boshqa hodisalarga nisbatan uzoqroq saqlab keldi. Bizning ko‘rish orqali atrof olam haqida olgan bilimlarimiz boshqa sezgilarimiz tufayli olgan bilimlardan ancha ko‘p. Qadimgi greklar inson ko‘zidan qandaydir nurlar chiqadi va ular narsa, buyumlarga tushib uni ko‘radi, deb o‘ylaganlar. U holda ko‘zning ko‘rishi kechasi va kunduzi bir xil bo‘lishi kerak emasmi? Siz nima deb o‘ylaysiz? Keyinchalik ingliz olimi I. Nyuton yorug‘likni juda mayda zarralar oqimi deb qarashni taklif qildi. Bu oqimni yorug‘lik nuri deb ataladi. Yorug‘lik nuri biror manbadan, masalan, Quyoshdan chiqib narsa va buyumlarga tushadi. Ulardan qaytib ko‘zimizga tushsa, ularni ko‘ramiz deb tushuntiradi. Bunday tushuntirish yorug‘lik bilan bog‘liq ko‘pgina hodisalarni tushuntirsa- da, ayrimlarini tushuntira olmaydi. Masalan: Qu yoshdan tananing qorayishi, gazmollarning yorug‘lik ta’sirida rangi o‘chib ketishi, o‘simliklar bargining yashil bo‘lishi va h.k. Shunday hodisalarni o‘rganish jarayonida olimlar yorug‘lik tabiati haqidagi boshqa nazariyalarni yaratdilar. Ular bilan Siz navbatdagi sinflarda tanishasiz. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling