Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
ODDIY ELEKTR ZANJIRI
Turmushimizni elektr tokisiz tasavvur qilishimiz juda qiyin. U bizga hamma joyda hayotimizni yengillashtirishda yordam beradi. Ertalab turib elektr chiroqni yoqamiz, elektr choynakda choy qaynatamiz. Mikroto‘lqinli elektr pechda nonushtani isitamiz. Nonushtadan so‘ng lift orqali pastga tushamiz. Metroda o‘qishga yoki ishga boramiz. Yo‘l- yo‘lakay uyali telefonda gaplashamiz. Maktabga o‘qishga kelsak, darsga qo‘ng‘iroq chali nadi. Yorug‘ xonalarda elektrga oid darslarni o‘qiymiz. E’tibor qilinsa, bularning barchasida elektr yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Turmushda biz foydalanadigan ko‘pgina narsalar kabi ularning ijobiy tomonlari bilan birga, ehtiyot bo‘linmasa, zararli tomonlari ham bor. Chunki simlardan o‘tayotgan elektr toki ko‘zga ko‘rinmaydi, hidi yo‘q, rangsizdir. Tok borligini o‘lchov asboblari yordamida aniqlash mumkin. Tokdan zararlanishni ilk bor 1862-yilda qayd etishgan. Bunda inson tok o‘tuvchi simning ochiq joyiga tegib halok bo‘lgan. Shu sababli undan foydalanish uchun asboblarni tok manbalariga to‘g‘ri ulashni o‘rganib olishimiz kerak. O‘rganishni sodda elektr zanjiri tuzishdan boshlaylik. Buning uchun tok manbai, elektr lampochkasi va uzib-ulagich olinadi. So‘ngra daftarga ularni bir-biriga ulash chizmasi chiziladi. Chizmada tok manbai, lampochka, uzib-ulagich va boshqa asboblar shartli belgilar bilan belgilanadi (95-rasm). 125 – uzib-ulagich; –elektr lampochkasi; – ulovchi sim; – tok manbai. 95-rasm. Bu chizmaga elektr zanjiri deyiladi (96-rasm). 12 V 12 V a) b) 96-rasm. 96-a rasmda tok manbai, elektr lampochkasi va uzib-ulagichdan iborat elektr chizma keltirilgan. 96-b rasmda ularning natural ko‘rinishi keltirilgan. Eslatib o‘tamiz, barcha elektr ulanishlar uzib- ulagichning ochiq holatida bajariladi. Uzib-ulagich berk holatga o‘tkazilganda zanjirdan tok o‘tib lampochka yonadi. Shunday qilib zanjirda elektr toki mavjud bo‘lishi uchun ikkita shart bajarilishi kerak: Tok manbai bo‘lishi kerak; Zanjir berk bo‘lishi kerak. Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchini maxsus asbob ampermetr yordamida o‘lchanadi. Uning tashqi ko‘rinishi va ulanish chizmasi 97-rasmda keltirilgan. Ampermetr zanjirga ketma-ket ulanadi. Tok kuchining o‘lchov birligi sifatida bir amper (1 A) qabul qilingan. A a) b) 97-rasm. 126 Odatda, tok manbaiga bir nechta iste’molchilar ulanishi mumkin. Bunda ular elektr zanjiriga parallel (98-a rasm) yoki ketma-ket (98-b rasm) ulanishi mumkin. a) b) 98-rasm. 1. Elektr zanjiri qanday chiziladi? 2. 10 V necha mV ga teng? 3. Voltmetr qanday kattalikni o‘lchaydi? 1. Kalkulyator, cho‘ntak fonari, o‘yinchoq to‘pponcha, bosh- qariluvchi mashina va shu kabilarning batareyalarini olib ko‘ring va necha volt kuchlanish berishini daftaringizga yozing. 2. Batareya va ikkita lampochkani o‘tkazgichlar orqali avval ketma-ket so‘ngra parallel ulang. Har ikkala holda lampochkalarning yonishiga e’tibor bering. Sababini tushun- tirishga harakat qiling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling