Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50-MAVZU YORUG‘LIKNING TEZLIGI. YORUG‘LIKNING QAYTISHI VA SINISHI
Amaliy topshiriq
100 yoki 50 so‘mlik tangani olib, u orqali Quyoshga qarang. Agar tangani ko‘zingizga juda yaqin qo‘ysangiz, Quyosh to‘la yopiladi. Asta-sekin tangani ko‘zingizdan uzoqlashtira boshlasangiz Quyoshning o‘rtasi berkilib, chetki qismi halqa shaklida ko‘rinadi. Tajribani o‘tkazishda tim qora ko‘zoynak taqib oling! 1. Oydan turib Yer tutilishini kuzatsa bo‘ladimi? 2. Yil davomida qaysi bir hodisa ko‘proq kuzatilishi mumkin: Oy tutilishimi yoki Quyosh tutilishi? 3. Oyda ham qisman tutilish kuzatiladimi? • Yer va Quyosh oralig‘ida ikkita sayyora harakatlanadi. Ularni Merkuriy va Venera deb atashadi. Ular Yer bilan Quyosh oralig‘ida turib qolganda Quyosh tutilishi ro‘y beradimi? Yer bilan bu sayyoralar oralig‘i juda katta bo‘lganligidan ularning soyasi juda kichik bo‘ladi. Shunga ko‘ra maxsus asboblar bilan qaralsa, Quyosh ichida kichik qora dog‘ harakatlanib o‘tishi kuzatiladi. • Qadimgi bobilliklar eramizdan oldingi 2000-yillarda Quyosh va Oy tutilishlarida takrorlanish borligini aniqlaganlar. Bu davr saros (arab- cha – takrorlanish) deb atalib, 6585 sutkaga, ya’ni 18 yil va 11,3 sutkaga teng. Shu davrda 43 marta Quyosh tutilishi va 28 marta Oy tutilishi ro‘y beradi. 138 50-MAVZU YORUG‘LIKNING TEZLIGI. YORUG‘LIKNING QAYTISHI VA SINISHI Aristotel, yorug‘lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug‘lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir minutga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko‘rgan vaqtini belgilagan. Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan. Yorug‘lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng boshqa olimlar ham yorug‘lik tezligini turlicha usulda o‘lchadilar. Yorug‘lik tezligi juda katta bo‘lib, vakuumda = 300 000 km/s ga teng. Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarra bunday tezlikka erisha olmaydi. Yorug‘lik bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda tezligi o‘zgaradi. Masalan, suvda uning tezligi 225 000 km/s bo‘lsa, shishada 200 000 km/s ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan Quyosh nuri Yerga taxminan 8,3 minutda yetib keladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling