Kegl cc pechat indd
-MAVZU XONADONDAGI ELEKTR ASBOBLARI
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
46-MAVZU
XONADONDAGI ELEKTR ASBOBLARI. ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH Yuqorida aytilganidek, kundalik turmushimizni elektrsiz tasavvur qilish qiyin. Xonadonda biz ishlatadigan elektr asboblaridan ayrimlari 99-rasmda keltirilgan. 99-rasm. Bu rasmda elektr plitasi, chang yutkich, kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech va elektr dazmoli keltirilgan. Bu asboblarning barcha si xonadonga kiritilgan elektr tarmog‘idan quvvat olib ishlaydi. Xonadonga kiritilgan elektr tarmog‘ining kuchlanishi 220 V ga teng. Bu ancha yuqori kuchlanish bo‘lganligi sababli hayot uchun xavfli hisoblanadi. 36 V kuchlanishdan yuqori bo‘lsa, hayot uchun xavfli bo‘ladi. Shunga ko‘ra, asboblarni elektr manbaiga kattalarning ruxsatisiz ulamang! Elektrdan foydalanganlik uchun pul to‘lanadi. Bu pulning miqdori sarflangan elektr energiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Energiya tushunchasining to‘laroq ma’nosi bilan darslikning keyingi mavzularida tanishasiz. Xonadonda sarflangan elektr energiyasini hisoblagich orqali aniqlanadi (100-rasm). Undagi raqamlar sarflangan energiyani ko‘rsatadi. Elektr hisoblagichning boshqacha turlari ham mavjud. Sarflangan elektr energiyasiga pul to‘lanadigan bo‘lganligidan uni tejab sarflash kerak. Uyda zarurat bo‘lmasa chiroqlarni o‘chirib qo‘yish, qo‘shni xonada ish qilayotganda televizorni ovozini baland holda qoldirib ishlatish kerak emas. Kompyuterda uzoq muddat o‘yinlarni o‘ynash ko‘p elektr energiyasining sarflanishiga olib kelish bilan birgalikda, sog‘liq uchun ham zararlidir. 128 Elektr energiyasini tejashning yana bir samarali usuli, cho‘g‘lanma elektr lampalarini tejamkor elektr lampalariga almashtirishdir (101- rasm). Bunday lampalar elektr energiyasini bir necha barobar tejash imkonini beradi. 100-rasm. 101-rasm. 1. Siz xonadonda ishlatiladigan yana qanday asboblarni bilasiz? Ular ning nomlarini sanang va bajaradigan vazifasini tushuntiring. Xonadondagi elektr asboblaridan birini elektr tarmog‘iga ulaganda elektr hisoblagich ishlashini kuzating. Ulardan qaysi biri ko‘proq energiya iste’mol qilishiga e’tibor qarating. Elektr energiyasini tejash haqida ota-onangiz bilan suhbatlashing. Takliflarni daftaringizga yozing. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling