8. Bir chelak ko‘mirni uyning to‘r tinchi qavatiga olib chiqilib yoqildi. Bun-
da birinchi qavatda yoqilganiga qaraganda qancha ko‘p issiqlik aj ra ladi?
A) 4 marta.
B) 2 marta.
C) 3 marta.
D) Bir xil issiqlik ajraladi.
9. Nima sababdan isitish batareyalarini derazalar tagiga joylashtiriladi?
A) Dizayni yaxshi bo‘lishi uchun.
B) Massasi og‘ir bo‘lganligi uchun.
C) Konveksiya hisobga olinganligi uchun.
D) Shu holat moda bo‘lganligi uchun.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda siz IV bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari
bilan tanishasiz.
Termometr
Temperaturani o‘lchovchi asbob. Simobli yoki spirtli bo‘ladi.
Naycha dagi suyuqlik ustunining balandligi temperatura o‘zga-
rishi bilan o‘zgarishiga asos langan.
Bimetall
plastina
Issiqlikdan kengayuvchanligi turlicha bo‘lgan bir-biriga
parchinlanib mah kam langan ikkita metall plastina.
Issiqlik
o‘tka-
zuvchanlik
Jismning isitilgan qismidan isitilmagan qismiga issiqlikning
o‘tishi. Moddani tashkil etgan zarralar harakati tufayli
uzatiladi. Metallarda plastmassa, g‘isht, shisha, suvga nisbatan
bir necha yuz marta katta bo‘ladi. Gazlarda esa juda kichik.
Konveksiya
Notekis isitilgan gaz, suyuqliklarda moddaning bir joydan,
ikkinchi joyga oqimi tufayli issiqlik uzatilish hodisasi.
Konvek siya tezligi qatlamlar temperaturalari farqi muhitning
issiqlik o‘tkazuv chanligiga bog‘liq.
Nurlanish
Qizigan jismlarning o‘zidan nur chiqarish hodisasi. Ulardan
ba’zilari ko‘zga ko‘rinadi, ba’zilari ko‘rinmaydi. Nur o‘zi
bilan energiya olib chiqadi. Jismlar va moddalar nurni yutishi
natijasida qiziydi.
Selsiy tem-
peratura
shkalasi
Temperaturaning o‘lchov birligidan biri. Hisob boshi nol uchun
eriyotgan muz temperaturasi olingan. Atmosfera bosimida
qaynayotgan toza suv temperaturasi 100 gradus deb qabul
qilingan.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |