Kegl cc pechat indd
-MAVZU MOLEKULALAR VA ULARNING O‘LCHAMLARI
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga molekula deyi ladi.
9-MAVZU
MOLEKULALAR VA ULARNING O‘LCHAMLARI Sizga ma’lumki, har bir moddaning o‘ziga xos xususiyati bor. Masalan, shakar – shirin, tuz – sho‘r va h.k. Shakarni olib, hovonchada maydalaylik. Maydalangan kukunni yalab ko‘rsak, shakar mazasi qolganligini sezamiz. Oldingi mavzuda aytilganidek, uni yanada mayda bo‘laklarga bo‘lib borsak shirin maza saqlanib qoladimi? Tajribalar ko‘rsatadiki, moddaning xossasi uning zarrasi ma’lum o‘lchamgacha bo‘linsa, saqlanib qoladi. Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga molekula deyi ladi. 4-rasm. Molekula (lotincha moles – massa) bitta atomdan yoki bir necha atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atom dan tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor (4-rasm). Biz nafas oladigan kislorod gazining molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa bitta uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va molekulani o‘ziga xos harflar va raqamli harf bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, kislorod atomini – O harfi bilan, molekulasi ikkita atom dan tashkil topganligi uchun O 2 shaklida belgilanadi. Karbonat angidrid molekulasi – CO 2 , suvniki – H 2 O ko‘rinishda bel gilanadi. Shunga ko‘ra, suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko‘p atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o‘zaro joylashishi ham uning xossalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lar ekan. Hatto aynan bitta nomdagi atomlardan ba’zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi mumkin ekan. Tabiatda aynan bir xil jismlar yo‘q. Hattoki egizaklar ham nimasi bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan, tarvuzdan, dengiz suvidan bug‘lantirib tozalangan suv molekulasi, buloq suvidan olingan molekula dan farq qilmaydi. 21 Atom va molekulalar juda kichik bo‘lganligidan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik mikroskop (eng kichik ko‘rish o‘lchami 0,000002 mm) da ham ko‘rib bo‘lmaydi. U holda uning o‘lchamlarini qanday qilib o‘lchaymiz? Bir qarashda uni bajarib bo‘lmaydigandek ko‘rinadi. Shunday tajriba o‘tkazaylik. Kengroq idishga suv quyib, unga shkalaga ega bo‘lgan tomizg‘ichdan bir tomchi yog‘ tomizaylik. Shunda yog‘ tomchisi suyuqlik sirti bo‘ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar ham xuddi shunday yoniga tushib yoyiladi. Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan yog‘ tomchisi doira shaklida bo‘lsa, uning diametri o‘lchanib, yuzasi S hisoblanadi (5- rasm). Bitta tomchining hajmini aniqlash uchun tomizg‘ichdan 1 sm 3 hajmdagi suyuqlik alohida idishga tomizilib, tomchilar soni aniqlanadi. Tomchining hajmi 1 sm 3 ni tomchilar soniga bo‘lib topiladi. 5-rasm. Yoyilgan tomchi hajmi V = d · S ga teng bo‘lganli gidan yog‘ qatlamining qalinligi bo‘ladi. Bundan qatlam qalinligi yoki molekula diametri hisoblab ko‘rilsa, d = 0,0000002 mm ga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon usullari bilan o‘lchangan molekulalar diametrlari ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning kichkinaligini quyidagi misolda ko‘rish mumkin. Bir dona vodorod molekulasini kattalashtirib, olma ko‘rinishiga olib kelinsa, Yer olmadan necha marta katta bo‘lsa, olma vodorod molekulasidan taxminan shuncha marta katta bo‘lar edi. Hozirgi kunda maxsus elektron mikroskoplar yordamida katta o‘lcham dagi molekulalar bilan birga ayrim atomlarning rasmini ham olish mumkin. Vodorod atomining o‘lchami 0,00000012 mm ga, molekulasining o‘lchami esa 0,00000023 mm ga teng. Oqsil molekulasining o‘lchami 0,0043 mm atrofida ekan. 1. Atom va molekula bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Molekula tarkibida nechta atom borligini qanday bilish mumkin? 3. Molekula kattami yoki bakteriyalarmi? Bakteriya o‘lchamini botanika yoki zoologiya kitoblaridan qarab solishtirib ko‘ring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling