Kegl cc pechat indd


-MAVZU MOLEKULALARNING O‘ZARO TA’SIRI


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

10-MAVZU
MOLEKULALARNING O‘ZARO TA’SIRI 
VA HARAKATI. BROUN HARAKATI
Xonada atir solingan idish qopqog‘ini ochib bir tomchisini qo‘lga 
yoki kiyimga tomizaylik. Birozdan so‘ng uning hidini boshqalar 
ham sezishadi. Quruq naftalinni berk idishdan olib stolga qo‘ysak, 
uning hidini ham sezamiz. Ma’lumki, hidni sezish uchun atir yoki 
naftalinning zarralari burnimizga yetib kelishi kerak. Demak, atir yoki 
quruq naftalin zarralardan tashkil topishidan tashqari, bu zarralar 
harakatda bo‘lar ekan. Xona sovib ketsa, undagi pechkaga gaz, ko‘mir 
yoki o‘tin yoqamiz. Pechkaning og‘zi berk bo‘lsa-da, xona isiydi. 
Pechkadagi issiqlik xonaning barcha burchaklariga qanday yetib boradi? 
Bunda ham havo zarralarining harakat qilishi tufayli issiqlik uzatilar 
ekan. Agar suyuqlikni tashkil etuvchi molekulalar harakatda bo‘lma-
ganida, daryolar va ariqlarda suv oqmas edi. Xullas, gazlarda, suyuq-
liklarda mole 
kula larning harakat qilishlariga ishonch hosil qildik. 
Qattiq jismlarda ham zarralar harakatda bo‘ladimi? Buning uchun 
quyidagi tajribani ko‘raylik (6-rasm). Metalldan yasalgan shar olaylik. 
Simdan shar tegib o‘tadigan halqa yasaylik. Halqa orqali sharni bir 
necha marta o‘tkazib ko‘ramiz. Shundan so‘ng sharni qizdiramiz. Endi 
halqadan sharni o‘tkazmoqchi bo‘lsak, o‘tmaydi. Sharni tashkil etgan 
zarralar harakati tufayli qizigan shar kengayib qolar ekan. Shunday 
savol tug‘iladi: moddalarni tashkil etgan zarralar qanday harakatlanadi?
6-rasm.
Zarralar harakatini birinchi bo‘lib kuzatgan odam ingliz 
botanigi Robert Broun edi. U 1827-yilda ko‘zga ko‘rinmaydigan 
gul changi (spora 
– 
urug‘)ni suyuqlikka soladi va mikroskopda 
kuzatadi. Kuzatishlar shuni ko‘r 
satadiki, gul changi zarralari to‘x-
tov siz harakat qilar ekan. Ular uchun kechasimi, kunduzimi yoki 


23
qishmi, yozmi baribir, harakat to‘xtamas ekan. Bundan tashqari, 
zarralar harakati mutlaqo tartibsiz. Buni tushunish uchun shunday 
voqeani ko‘z oldingizga keltiring. Sinfga puf 
langan bir nechta turli 
rangli sharlarni qo‘yib yuboraylik. Bolalar ularni turtib o‘ynasin. 
Shunda qizil shar 2 s dan keyin qayerda bo‘lishini ayta olamizmi? 
Albatta yo‘q. Chunki sharlar harakati turtkilar tufayli tasodifiy 
bo‘lib, tartibsiz holda bo‘ladi. Shunga o‘xshash, suyuqlik molekulalari 
barg zarrasi bilan to‘xtovsiz to‘qnashib turishi tufayli harakati 
tartibsiz bo‘ladi. Demak, moddani tashkil etgan molekulalar 
to‘qnashuvlar tufayli to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘ladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling