Kegl cc pechat indd


Gaz xususiy shaklga va hajmga ega emas


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

Gaz xususiy shaklga va hajmga ega emas.
Suyuqlik biror idishga qu 
yilsa, o‘sha idish shaklini egallaydi. Lekin 
o‘z xususiy haj 
mini saqlaydi. Do‘ 
konlarda yaxna ichimliklarni 1,5 l
1 l va 0,5 l li idishlarda sotilishini yax 
shi bila 
siz. Avtomobil yonil-
g‘ilari ham litrlab o‘lchanadi. Suyuqliklarda molekulalar yaqin joy-
lashganligi tu 
fayli o‘zaro tortishish kuchlari sezilarli bo‘ladi. Shun-
ga ko‘ra o‘z hajmini saqlaydi. Lekin og‘irligi ta’sirida «yal 
payib» 
idish shaklini oladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi torti 
shish kuchi 
suyuqlik shaklini saqlay oladigan darajada katta emas. Shunday bo‘lsa-
da, suyuqlikni siqish juda qiyin.
Bir tajribada suvni siqish uchun uni qo‘rg‘oshin shar ichiga quyib, 
og‘zi kavsharlangan. Shundan keyin sharni qisish uchun uni og‘ir 
bolg‘a bilan urilgan. Bunda suv qisilmasdan sharni yorib sizib chiqqan.
Suyuqlik xususiy hajmga ega, lekin shaklga ega emas.
Atrofimizdagi ko‘pchilik nar 
sa lar qattiq jismlardan iborat. Ruchka, 
parta, uy, mashina va h.k. Ularning barchasi o‘z shakliga ega. 
Ularning shaklini o‘zgartirish uchun katta kuch sarflash kerak. Qattiq 
jismlarda molekulalar (atomlar) suyuqliklar 
dagiga nisbatan ham yaqin 
joylashadi. Bundan tashqari, ular tartib bilan joylashadi. Joylashgan 
o‘rnida tebranib turadi.
Masalan, osh tuzini olsak, uning molekulasi NaCl, ya’ni 
Na – natriy 
va 
Cl – xlor 
atomidan 
tashkil 
topgan. 
10-rasmda 
atomlarning o‘zaro joylashishi keltirilgan. Ularni to‘g‘ri chiziq bilan 
birlashtirilsa, panjara ko‘rinishida bo‘ladi.
10- rasm.


28
Atomlarning joylashish tartibi jism 
ning qattiqlik darajasini o‘z-
gartirishi mumkin. Masalan, Siz ishlatayotgan qalam, ko‘mir va juda 
qattiq modda – olmos, brillyant bir xil uglerod (C) atomlaridan tashkil 
topgan. Lekin joy lashish strukturasi turlichadir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling