Kegl cc pechat indd


massa deb ataluvchi  fizik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi  fizik kattalikka jismning  massasi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

massa deb ataluvchi 
fizik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi 
fizik kattalikka jismning
 massasi deyiladi. Jism massasini o‘lchashning 
usullari ko‘p. Shulardan hammaga ma’lumi tarozi yordamida 
o‘lchashdir. Amaliyotda ishlati 
ladi gan tarozilar turli tipda bo‘ladi: 
o‘quv, analitik, elekt 
ron va h.k. 12-a rasmda o‘quv (shayinli), b-rasmda 
esa elektron tarozi keltirilgan. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi 
1 kilogramm bo‘lib, toshining namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan 
shaharchada saqlanadi (11-rasm).
11-rasm.
Namuna silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm 
atrofida. Undan 40 ta nusxa tayyor 
lanib, turli 
mamlakatlarga tarqatilgan.
Jism massasining ko‘p yoki kamligi un 
dagi 
moddaning yoki narsalarning ko‘p-kamligiga 
bog‘liq. Masalan, bir qop yong‘oq 
ning massasi 
bir xalta yong‘oq 
nikidan, 1 
che 
lak suvning 
massasi 1 piyola suvnikidan ko‘p.
Narsa va predmetlarning massasini 1 kg 
ga nisbatan katta va kichik birliklarda ham 
o‘lchash mumkin.


30
1 tonna (t) = 10 sentner (s) = 1000 kg.
1 kg = 1000 gramm = 1 000 000 milligramm.
Jism massasi tarozida o‘lchanadi. Jism massasini o‘lchash uchun 
uning chap pallasiga o‘lchanadigan narsa, o‘ng pallasiga tarozi toshlari 
qo‘yiladi. Pallaga toshlarni muvo 
zanatga kelguncha tanlab qo‘yiladi 
(12-rasm).
 a) 
b)
12-rasm.
13-rasm.
Shundan so‘ng pallaga qo‘yilgan tosh massalari qo‘ shib 
hisoblanadi.
Shayinli tarozida tortilgan jism massasi uning 
qizdirilgan yoki sovutilganligiga, qayerda va qachon 
o‘lchanganligiga bog‘liq emas. Shu sababli tajriba 
larda 
va hisoblashlarda berilgan jismning massasi o‘zgarmas 
(m = const) deb qaraladi.
Ko‘pincha bozorlarda sabzavotlarni prujinali tarozida 
tortib sotayotgan sotuvchilarni uchratamiz (13-rasm). 
Bunday tarozi ichida prujina bo‘lib, osilgan yuk ta’sirida 
cho‘ziladi. Tarozining ko‘rsatishi prujinaning qattiq-
yumshoqligiga, kunning issiq yoki sovuq bo‘lishiga, 
normadan ortiq yuk osganda cho‘ 
zilib, avvalgi joyiga 
qaytib bormasdan qolib ketganli 
giga bog‘liq bo‘ladi. 
Bundan tashqari, o‘lchashlar, Yerning Shimoliy qutbi 
yoki ekvatorga yaqin joylarda olib borilganligiga bog‘liq 
bo‘lganligidan aniq bo‘l maydi. Shu sababli jism massasini shayinli yoki 
elektron tarozida o‘lchang!
Juda kichik zarralarni hamda ulkan jismlar (Oy, Quyosh) 
massalarini bevosita o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning massasi bilvosita 
usullar bilan hisoblab topiladi. Bu haqda yuqori sinflarda o‘qib 
o‘rganasiz.


31

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling