19-MAVZU
JISMLARNING BOSIB O‘TGAN YO‘LI VA UNGA KETGAN
VAQT. BOSIB O‘TILGAN YO‘L (MASOFA) VA VAQT
BIRLIKLARI
Mexanik harakatda jismning vaziyati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini
bilib oldingiz. Bu o‘zgarishni xarakterlash uchun
bosib o‘tilgan yo‘l va
vaqt tushunchalari kiritiladi.
Bosib o‘tilgan yo‘l deb jismning harakat trayektoriyasining
uzunligiga aytiladi.
Yo‘lni o‘lchash uchun uzunlik birligi metrdan foydalaniladi. Yo‘lni
inglizcha space – masofa, length – uzunlik so‘zlarining bosh harfi s yoki
l harflari bilan belgilanadi
1
.
Jism ma’lum bir vaqt mobaynida harakatlanadi. Vaqt juda
murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun unga oddiy ta’rif berib
bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra o‘zimiz o‘rganib qolgan tushunchamiz
bo‘yicha ishlatamiz.
Masalan, avtobus Guliston shahridan Toshkentga 2 soatda yetib
keldi. Vaqtni inglizcha
time so‘zining bosh harfi t bilan belgilaymiz.
Demak, t = 2 soat.
Bosib o‘tilgan yo‘l uzun yoki qisqaligiga qarab, metrdan tashqari
qulaylik uchun
km, dm, sm va mm larda ham o‘lchanadi.
Masalan, Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 150 000 000
km, Yerdan Oygacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 384
000 km, Yer
radiusi ~ 6400 km, Urganchdan Nukus shahrigacha yo‘l uzunligi ~ 170
km, maktab yugurish yo‘lkasining uzunligi 100 m, shilliq qurtning
o‘tgan masofasi 15 sm va h.k.
1 km = 1000 m; 1 m = 10 dm; 1 dm = 10 sm; 1 sm = 10 mm.
Jismlarning harakatlanish vaqti
sekundlarda o‘lchanadi. Zaruratga
qarab vaqtni millisekund, minut, soat, sutka va h.k. birliklarda belgi-
lash mumkin. 1 sutka = 24 soat; 1 soat = 60 minut; 1 min = 60 sekund.
Jismlarning harakatlanish vaqti yoki bosib o‘tgan yo‘llarini
Do'stlaringiz bilan baham: |