Kegl cc pechat indd
«Neksiya» avtomobili joyidan qo‘zg‘alib 15 sekundda 225 m yo‘l bosib
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26. Ballondagi tabiiy gazning bosimi o‘zgarmasligi uchun nima qilish kerak
- 30. Tutash idishlarga tegishli formulani ko‘rsating.
24. «Neksiya» avtomobili joyidan qo‘zg‘alib 15 sekundda 225 m yo‘l bosib
o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligini aniqlang (m/s). A) 30. B) 15. C) 25. D) 10. 25. Kemaning «suv sig‘imi» degan da nimani tushunasiz? A) Kemaning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p botish chegarasi. B) Kemaga ortish mumkin bo‘lgan yuk miqdori. C) Kema vater chiziqqacha botganda siqib chiqarilgan suv og‘irligi. D) Kema suvga to‘la cho‘kkanda siqib chiqarilgan suv hajmi. 26. Ballondagi tabiiy gazning bosimi o‘zgarmasligi uchun nima qilish kerak? A) Sovuq xonaga qo‘yish kerak. B) Soyada qoldirish kerak. C) Oftobga qo‘yish kerak. D) Istalgan holda bosim o‘zgaradi. 27. 2 m chuqurlikda suvning bosimi nimaga teng? A) 20 kPa. B) 200 kPa. C) 10 kPa. D) 100 kPa. 28. Atmosfera bosimi mavjudligining sababi nimada? A) Molekulalarning harakatchanligi. B) Ularning o‘zaro ta’sirlashuvi. C) Havoning og‘irlik kuchi. D) Uning Yer yuziga ishqala nishi. 29. Normal atmosfera bosimida porshenli nasos yordamida suvni qanday balandlikkacha ko‘tarish mumkin? A) 101,3 m. B) 10,13 m. C) 101,3 sm. D) 10,13 sm. 80 30. Tutash idishlarga tegishli formulani ko‘rsating. A) p=ρgh. B) F=ρ s gV j . C) . D) A= mgh. YAKUNIY SUHBAT Bunda Siz II bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosasi bilan tanishasiz. Kuch Jismlarning o‘zaro ta’sirida tezliklarini yoki shaklini o‘zgartiruvchi sabab. Kuch birligi nyuton (N). Mexanik ha- rakat Jismlarning fazoda joylashgan o‘rnining vaqt o‘tishi bilan boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi. Mexanik harakat turlari: ilgari lanma, aylanma, tebranma. Ixtiyoriy teng vaqtlar ichida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bir xil masofaga ko‘chishga to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi. Har xil masofaga ko‘chsa, notekis harakat bo‘ladi. Tezlik Vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘l: , s – bosib o‘tilgan yo‘l; t – vaqt. Tezlik birligi . Trayektoriya Jismning harakat davomida fazoda qoldirgan izi. Moddiy nuqta Shakli va o‘lchamlari hisobga olinmaydigan fizik jism. Dinamometr Kuchni o‘lchovchi asbob. Ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik, gidravlik, elektrik turlarga bo‘linadi. Sanoq jismi Ko‘rilayotgan harakat uchun qo‘zg‘almas bo‘lgan jism. Qolgan jism larning harakati shu jismga nisbatan o‘rganiladi. Tarozi Jismlarning massasini aniqlaydigan asbob. Ishlash prinsipiga ko‘ra shayinli, prujinali, gidrostatik va h.k. turlarda bo‘ladi. Bosim Yuzaga perpendikulyar yo‘nalgan kuchning shu yuzaga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik: , XBS da birli- gi – paskal (Pa). Undan tashqari millimetr simob ustuni, normal atmosfera birliklarda ham o‘lchanadi. Normal at- mosfera bosimi 1 atm = 760 mm.sim.ust = 101325 Pa. Og‘irlik kuchi Jismni Yer o‘ziga tortadigan kuch. Gidrostatik bosim Suyuqlikning idish tubiga beradigan bosimi: p=ρgh; ρ – suyuqlik zichligi; h – suyuqlik ustuni balandligi. 81 Tutash idishlar Quyi tomondan suyuqlik o‘tadigan nay bilan tutashgan idishlar. Bir xil suyuqlik solingan tutash idishlarda, suyuqlik sathlari teng bo‘ladi. Suv quvurlari tizimi, choynaklar unga misol bo‘la oladi. Paskal qonuni Suyuqlik yoki gazga berilgan tashqi bosim har tomonga o‘zgarishsiz uzatiladi. Paskal qonuni asosida gidravlik press- lar ishlaydi. , S 1 va S 2 – pressdagi kichik va katta porshenlar yuzalari, F 1 va F 2 – pressdagi kichik va katta porshenlardagi kuch. Manometr Suyuqlik va gazlardagi bosimni o‘lchaydigan asbob. Barometr Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob. Suyuqlik barometrlarida suyuqlik ustunining bosimi atmosfera bosimi bilan tenglashtiriladi. Suyuqliksiz (aneroid) barometr yupqa metall qutining bosim ta’sirida siqilishiga asoslanib ishlaydi. Atmosfera bosimi Yerni o‘rab turgan havo qobig‘ining Yer yuziga va undagi barcha predmetlarga ko‘rsatadigan bosimi. Dengiz sathidan boshlab o‘lchanadi. Undagi bosim 101325 Pa yoki 760 mm. sim. ust. ga teng. Balandlik ortishi bilan kamayib boradi. Arximed kuchi Suyuqlik yoki gazga botirilgan jismni suyuqlik yoki gaz tomonidan yuqoriga itaruvchi kuch. F A = s V j g; F A – Arximed kuchi; s – suyuqlik zichligi; V j – jismning suvga botgan qismining hajmi; g = 9,81 . Mexanik ish O‘zgarmas F kuch ta’sirida jismni kuch yo‘nalishida s masofaga siljitishda F · s ko‘paytma bilan aniqlanadigan kattalik. A =F · s. Ish birligi Joul (J). Energiya Jismlarning ish bajara olish qobiliyatini xarakterlovchi kattalik. Uning mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, atom energiyasi kabi turlari bor. Energiya birligi Joul (J). Mexanik energiya ikki turda: potensial va kinetik energiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. . Quvvat Bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik . Quvvat birligi 1 W (Watt). 82 2-jadval № Tezligi, km/soat № Tezligi, km/soat 1 Toshbaqa 0,5 13 Kenguru 48 2 May qo‘ng‘izi 11 14 Jirafa 51 3 Pashsha 18 15 Bo‘ri 55–60 4 Asalari 25 16 Qaldirg‘och 54–63 5 Chumchuq 35 17 Quyon 60 6 Ninachi 36 18 Kaptar 60–70 7 Ola kit 38–40 19 Lochin 64–77 8 Akula 40 20 Arslon 65 9 Ayiq 40 21 Qilich-baliq 80 10 Afrika fili 40 22 Afrika tuyaqushi 80 11 Ot 46 23 Jayron 95 12 Bug‘u 47 24 Qoplon 112 • Xalqaro birliklar sistemasi qabul qilinishidan oldin, katta lik- larni inson tanasining o‘lchamlari bilan solishtirib o‘lchashgan. Masalan, O‘rta Osiyoda gaz deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda aniqlangan: 1) uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan qo‘l yelkasigacha bo‘lgan masofa; 2) yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ko‘krak o‘rtasigacha yoki burun uchigacha bo‘lgan masofa; 3) yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ikkinchi yelkagacha bo‘lgan masofa. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling