84
KIRISH SUHBATI
Qadim davrlardan beri inson o‘z mehnatini yengillashtirish
yo‘llarini qidiradi. Qurilishlar olib borishda og‘ir ustunlar, yo‘nilgan
marmar
toshlarni siljitish, ko‘tarish uchun turli mexanik quril
malardan
foydalanib kelgan. Uch ming yil oldin qadimgi Misrda piramidalar
qurilishida og‘ir tosh plitalarni richaglar yordamida
bir joydan ikkinchi
joyga siljitishgan va ancha balandga ko‘tarishgan. Ko‘p hollarda og‘ir
yukni biror balandlikka ko‘tarish o‘rniga uni shu balandlikka qiya
tekislik bo‘yicha dumalatib yoki sudrab olib chiqishgan. Samarqand
va Buxoro
shaharlaridagi minoralar, madrasalar, saroy va masjidlar
qurilishida yuklarni bloklar, chig‘iriqlar yordamida ko‘targanlar.
Turmushda, zavodlarda katta-katta metall taxtalarni kesadigan,
shtamp laydigan stanoklarda, ko‘tarma kran, yer qazuvchi, tekislovchi
mashinalarda ham oddiy mexanizmlar bor.
Bunday mexanizmlar
zamonaviy audio va video apparaturalar, murakkab avtomatlarda ham
uchraydi.
Oddiy mexanizmlar ishi bilan tanishsangiz, murakkab mashinalar
tuzili shini tushunishingiz oson bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: