Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
V
BOB Bu bobda Siz: – jismlarning elektrlanishi; – elektr toki haqida tushuncha, tok manbalari; – turmushda elektr tokining ahamiyati, oddiy elektr zanjiri; – xonadondagi elektr asboblar, elektr energiyasini tejash haqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz. ELEKTR HODISALARI HAQIDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR 118 KIRISH SUHBATI Kundalik turmushda biz «elektr» degan tushuncha bilan ko‘p duch kelamiz. Elektrning o‘zi nima, bu haqda odamlar qachon bilishgan? Elektrsiz biz kundalik hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Ayting-chi, yoritishsiz va isitishsiz, telefonsiz va elektrodvigatelsiz, kompyutersiz va televizorsiz turmush kechirish mumkinmi? Elektr bizning hayotimizga shunchalik chuqur kirib ketganki, ba’zan «qanday sehrgar bizga ko‘p ishlarimizni bajarishga yordam berib kelmoqda» deb o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Bu «sehrgar» elektr tokidir. Elektr tokining ixtiro qilinishi va u bilan bog‘liq boshqa yangiliklarning ochilishi o‘n to‘qqizinchi asrning oxiri – yigirmanchi asrning boshlariga to‘g‘ri keladi deyish mumkin. Lekin odamlar elektr bilan bog‘liq dastlabki hodisalarni eramizdan oldingi beshinchi asrdayoq kuzatganlar. Ular jun yoki shoyiga ishqalangan kahrabo bo‘lagining o‘ziga yengil jismlarni, changlarni tortishiga e’tibor berganlar. Qadimgi greklar bu hodisadan qimmatbaho buyumlarni changdan tozalashda foydalanganlar. Ular shuningdek kahrabo taroq bilan soch taralganda soch tolalarining bir-biridan itarilib tikkayganligini kuzatganlar. Kahrabo grekchasiga «elektron» deyiladi. «Elektr» so‘zi shundan kelib chiqqan. Ishqalangandan so‘ng boshqa mayda jismlarni o‘ziga tortadigan jismlarni elektrlangan jism deyiladigan bo‘ldi. Agar elektrlangan jismni boshqa elektrlanmagan jismga tekkizilsa, u jism ham elektrlanib qoladi. Hozirgi kunda dunyoni elektrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bir kuni insoniyat va tabiat elektrsiz qolsa nima boladi? Unda dunyo qorong‘ulikka cho‘kkan, televizor, sovutkich, telefon, plitkalar ishlamagan bo‘lar edi. Hayot umuman to‘xtagan bo‘lar edi. Chunki ko‘pgina hayotiy jarayonlar elektr jarayonlari bilan bog‘liqdir. Moddaning o‘zi ham parchalanib ketar edi. Chunki uni tashkil etuvchi zarralar elektr o‘zaro ta’sir tufayli tutinib turadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling