Кейс саволлари: Юракнинг ўтказувчи тизими қандай номланади? Юракнинг ўтказувчи қисми қаерда бошланиб қаерда тугайди? Манба
Download 119.64 Kb.
|
TOPSHIRIQ BAFOYEVA SADOQAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кейс саволлари
- Кейсни ечиш жараёни
- Bu tolalar Purkinetolalari
- Kapillarlar soch tolasiga oxshagan qil tomirlardir, ularning uzunligi orta hisobda 0,5mm, kengligi 4-10
- Yurakqismlari Raqamlar ong bolmacha 8
Кейс Юрак организмдаги муҳим аъзолардан бири эканлиги бизга маълум.Унинг бошқа аъзолардан энг асосий фарқи автоматик равишда ишлашидир.Юрак миокардининг ритмик равишда қисқаришини унинг ўтказувчи тизими бошқариб туради.Юракнинг ўтказувчи тизими ҳақида фикрингиз. Кейс саволлари: 1.Юракнинг ўтказувчи тизими қандай номланади? 2.Юракнинг ўтказувчи қисми қаерда бошланиб қаерда тугайди?
“Odam anatomiyasi”A.G.Ahmedov 2007 y Кейсни ечиш жараёни: Талабалар мавзуни берилган саволлар асосида ўқиб чиқадилар ва ўз фикр мулҳазаларини баён этадилар Кейс ечими: (Tалабалар вариантлари) 1.Yurak bo‘lmachalari va qorinchalarining ketma-ket qisqarishi hamda bo‘shashishini yurakning o‘tkazuvchi sistemasi uyg‘unlashtirib turadi. Impulslar yurakning muskul tolalaridan atipik muskul tolalari orqali boshqa muskullarga o‘tadi. Bu tolalar Purkinetolalari deb ataladi. Yurakning o‘ng qulog‘i bilan yuqorigi kovak vena o‘rtasida tolalar tuguni bo‘lib, ular Keyt Flaktuguni deb ataladi. Bu tugun xuddi shunday tolalar yordamida yurakning o‘ng qulog‘I bilan qorinchasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi tugun–Ashof-Tavar tuguniga tutashadi. Bu tugundan kattagina tolalar tutami–Gistutami boshlanib, u qorinchalar to‘sig‘I bo‘ylab pastga tushadi va ikki oyoqchaga bo‘linadi, so‘ngra o‘ng va chap qorincha epikardi ostida tarmoqlanib, so‘rg‘ichsimon muskullarda tugaydi. 2.Yurakdan chiqadigan arteriya qon tomirlari (aorta, o'pka poyasi) markazdan uzoqlashgan sari tarmoqchalar chiqarib asta-sekin kichiklasha boradi. Nihoyat, a'zolar devorida mikroskop ostida ko'rinadigan juda ham ingichka arteriya tomirlari-arteriola(arteriolae) va kapillarlarga aylanadi. Arteriolalar devori tarkibida qisqarish qobiliyatiga ega bo'lgan elementlar bor. Ular o'sha joydagi qon bosimini tartibga solib turish uchun xizmat qiladi va shu bilan kapillarlardan farq qiladi. Kapillarlar soch tolasiga o'xshagan qil tomirlardir, ularning uzunligi o'rta hisobda 0,5mm, kengligi 4-10 mikron, ya'ni odam tukining diametridan 50 marta kichik va devori juda yupqa bo'ladi . Ularda qon sekin oqadi, natijada hujayra va to'qimalarga zarur kislorod hamda oziq moddalarning qondan to'qimalarga diffuziya yo'li bilan o'tishi uchun imkoniyat tug'iladi. To'qimalarda moddalar almashinuvi natijasida vujudga kelgan karbonat angidrid va keraksiz (chiqindi) moddalar kapillarlarga o'tadi.Shunday qilib, arteriola,kapillar,venula va vena tomirlariga aylanadi.Vena qon tomirlari asta-sekin(bir-biri bilan qo'shilib) yiriklashib, oxirida yuqori va pastki kovak vena qon tomirini tashkil qiladi va yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Qon o'ng bo'lmachadan o'ng qorinchaga, undan o'pka arteriyalari orqali o'pkaga boradi. O'pka arteriyasining tarmoqlari pirovardida kapillarlarga aylanadi va nafas alveolalari (pufakchalar)ni o'rab oladi.Kapillarlardan karbonat angidrid alveolalarga, kislorod esa qonga o'tadi. Kislorodga boy bo'lgan qon o'pka venalari orqali yurakning chap bo'lmachasiga quyiladi. Undan chap qorinchaga o'tib, aodagi qon tomirlarining nomi ularda oqadigan qonga mos kelmaydi. Masalan, o'pka arteriyasidan o'pkaga karbonat angidridga boy bo'lgan qon-vena qoni oqib borsa, o'pkada nafas jarayonida o'pka venasidan yurakning chap bo'lmachasiga kislorodga boyigan qon-arteriya qoni o'pka venasi nomi bilan quyiladi. 5. Rasmda berilgan yurak qismlariga mos raqamlarni yozing aniqlang.
Download 119.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling