- tashkilotchilik faoliyat. Bu faoliyat o’kuv-tarbiya ishlarini rejalashtirishni o’z ichiga oladi. Shuningdek, bunda o’qituvchi o’quvchilar bilan olib boradigan pedagogik faoliyatini, o’z vaqtini rejalashtiradi, ishlarini taqsimlaydi. Bu faoliyatning asosini o’quvchi-talabalarning o’qituvchilar bilan hamkorlikda ishlashi tashkil etadi; - gnostik faoliyat. Bu faoliyatda o’qituvchi atrofdagilarni va o’zligini chuqur va har tomonlama anglashi nazarda tutiladi; - kommunikativ faoliyat, ya’ni bu o’qituvchining hamkasabalari va o’quvchilari bilan to’g’ri pedagogik muloqotda bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |