Keksa inson shaxsining xususiyatlari mundarija: Kirish I. Bob keksalik-inson ontogenezida o’ziga xos davr sifatida


II.BOB Kekslaik davrini òrganishda yuzaga keladigan muammmolar


Download 45.6 Kb.
bet7/9
Sana26.01.2023
Hajmi45.6 Kb.
#1128443
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
rajabova

II.BOB Kekslaik davrini òrganishda yuzaga keladigan muammmolar
2.1.Gerontopsixologiya muammolari
GerontopsixoIogiya muammolariga doir dolzarb tadqiqotlar Qarilik ijtimoiy kategoriya sifatida XX asrda ajratildi. Bu oxirgi yuz yilda Yer planetasidagi demografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Dunyo aholisining keksayishi ro‘y bermoqda, ya’ni rivojlangan davlatlarda keksa insonlar soni ortib bormoqda. Aholi keksayishining sabablaridan biri tugcilishning kamayishi, salomatlikning
yaxshilanishi, kichik va katta yoshdagilarda o‘lim sonining kamayishi,
hayotning individual davomiyligining ortishidir. Bronza davrida
hayotning o‘rtacha davomiyligi 18-20 yil bo‘lsa, o‘rta asrlarda 35 yil,
19 asrda 44 yil bo‘lsa, 20 asrda 68-72 yilni tashkil etadi. Aholining keksayishi fenomeni iqtisodiy, tibbiy, huquqiy, siyosiy va boshqa muammolami tug‘diradi. Saylovchilar va tovar istemolchilarining ko‘pchilik qismi keksalar bo‘lganligi uchun barcha tizimlami qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi
Bunda faol va mustaqil hayot tarzini kechiradigan qariyalar hamda doimiy mehribonlikni, e’tibomi talab qiladigan imkoniyatlar funksional mezon bo‘lishi mumkin. Keksalikning yosh chegaralari muammosi
2.2.Keksalik davrining shaxsiy inqirozlari
Yetukiik va keksalik orasidagi inqiroz 55-65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson
hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy
rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan ajralishi,
muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi,
ba’zan “iste’fo shoki” holatining o‘tkir kechishida namoyon bo‘Iadi.
Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlami vujudga keltiradi. L. I. Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalaming uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin83. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘uIotga jon deb ko‘chadilar,
yangi do‘stona munosabatlami o‘matishga layoqatli.
Bulaming bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori bo‘lishiga hamda umrining uzun bo‘Iishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar
hayotga passiv munosabatda boMadi. Ularda qiziqishlar doirasining
pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning yo‘qolishi, kerak emaslik va mos
emaslik hissi kuzatiladi. Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri “hayotga yangicha qarash” texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan
rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishishning yangi
usullarini izlash, salbiy holat va hodisalami oldindan his qilish,
nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy cheklovlardan ozod bo‘lish hamda insonning yangi qobiliyatlari namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilami o‘z ichiga oladi. Keksalik davriga o‘tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir
yondashuv shaxs ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik
alomatlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan
seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari domiyligi tufayli uzoq vaqt
Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik
vazifalari subyekt tomonidan anglanmaydi, o*zining “o‘zgarmasligi” haqida
illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir bo‘iadi (masalan,
sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi.
Ba’zan qarilikni anglash bilan bog‘Iiq inqiroz o‘smirlik davridagi
inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining o‘zgargan tanasiga
yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi
og‘irroq kechadi. E. Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yo‘lining tugashi
sifatida talqin etiladi Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki,
Egoning yaxlitlikka erishishidir. Keksa psixologik yoshga o‘tish
muvaffaqiyatini E. Erikson oldingi yosh inqozlarini ijobiy hal qilish
bilan bog‘laydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum
holati bo‘lib, bunda o‘tmish, hozir va kelajakka bir vaqtda boqish,
hayot tarixini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan aloqa
o‘matish sifatida talqin etiladi.
Donishmandlik keksalik davrining eng yuksak yutug‘idir. Qarilik davrida rivojianishning yosh vazifalari quyidagilarda boMishi mumkin: yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik; keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish); vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib foydalanish; rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz kechish va yangilarini shakllantirish; yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlaming uzoqlashishi munosabati bilan bo‘ladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, emotsional egiluvchanlikni saqlash; - ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib o‘tish), xulq-atvoming yangi shakllarini izlash;
- ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash. Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoqlashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o‘zgarishlardir.
Keksalarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining
ijtimoiy vaziyatini to‘liq deb bo‘lmaydi. Keksalik davrida inson
quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qolish
hamda yangi ijtimoiy aloqalami o‘rnatish yoki yaqinlarining
qiziqishlari bo‘yicha ularga qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu moslashuv
strategiyasini - o‘zini shaxs sifatida yoki individ sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga bog‘liq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifatida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo‘naltirilishi mumkin. “Yopiq kontur tipi” bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga qiziqishlar va intilishlar • darajasining pasayishida,
egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, to‘liqmaslik
kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda
namoyon bo‘ladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini “passiv
keksayish” yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb atashadi.
Bunga altemativ ravishda yana bir model mavjud, bunda jamiyat bilan
aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi. Bunda yetakchi
faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan iborat bo£ladi.
Bunda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom ettirishlari, memuarlar
yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilishlari, nabiralami tarbiyalashlari va
jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. ‘zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan shug‘ullanish, turii qiziqishlarga ega bo‘lish, yaqinlarga keraldi inson bo‘lishga intilish, hayotga qiziquvchanlikni his qilish zarur.
N. S. Pryajnikov keksalikni turii davrlarga bo‘Igan va bu davrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tgan. I. Nafaqadan oldingi keksalik.f55 yoshdan nafaqaga chiqquncha) - nafaqaga tayyorlanish. Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning shart-sharoitlari.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati. nafaqani kutish: kirn uchundir nafaqaga chiqish bu “tezroq dam olishni boshlash”, kim uchundir faol mehnat faoliyatining to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilishni bilmay noaniqlik; asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo4lib, hamkasblari uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni sezadi, boshqa
tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan kechroq
chiqazishlariga umid qiladi; yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini,
nabiralarini ham ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun “foydali”,
ikkinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qarab
qolganida “kerak emasligini” his qilish; ishda o‘ziga “munosib shogird” tayyorlash, tarbiyalashga intilish.
Yetakchi faoliyat: ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin“Yaxshi nom” qoldirishga intilish;
- o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish;
- nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini maksimal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanib, “boMinishlari” mumkin;
- nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini
rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o'ylaydi. Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) – bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati. eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-asta kamayib boradi; asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi
(“tajribasiz nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish
lozim); sekin asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo bo‘ladi;
- yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘ming
nabiralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun
bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo‘r ijtimoiy
vaziyatining bir qismi hisoblanadi. Yetakchi faoliyat:
- bu birinchi navbatda yangi rol sifatida “o‘zini izlash”, turli
faoliyatiarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdir, bu “sinab ko‘rish va xato
qilish” metodi orqali o‘z-o‘zini aniqlashdir (bunda u kundan kunga
hayot qisqaligini his qiladi).
Ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati
bo‘yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishlayotgan
nafaqadagilarda shaxsiy muhimlik hissi ortadi.
- Yoshroq insonlami uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari
kuchayadi.
- Ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam o‘tgan umrini sarhisob qilishga
harakat qiladi, ayrimlar “memuarlar” yozib o‘z tajribasi va
kechinmalari bilan bo‘lishishga harakat qiladi.
III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha yildan
keyin sog‘liqning jiddiy yomonlashuvigacha boMgan davr) bunda
inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan bo‘ladi va quyidagilar bilan
tavsiflanadi: .Rivojianishning ijtimoiy vaziyati. o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot; keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga
“g‘amxo‘rlik” qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot;ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar.

Download 45.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling