Keksa inson shaxsining xususiyatlari mundarija: Kirish I. Bob keksalik-inson ontogenezida o‘ziga xos davr sifatida


Keksalik davrining psixologik xususiyatlari


Download 41.99 Kb.
bet3/8
Sana27.01.2023
Hajmi41.99 Kb.
#1133296
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KEKSA INSON SHAXSINING XUSUSIYATLARI

1.2.Keksalik davrining psixologik xususiyatlari.
Rivojlangan Yevropa va Amerika mamlakatlarida ham keksalar muammolarini hal qilish borgan sayin qiyinlashib bormoqda (hatto uni “sekin ta’sir qiladigan demografik bomba deb atashmoqda). Ayrim mamlakatlarda nafaqa yoshini qayta ko‘rib chiqish masalasi qo‘yilgan (Masalan, Buyuk
Britaniyada 2010-yiIdan keyin ayollar uchun nafaqa yoshi 65 yosh
deb belgilab qo‘yildi). Gerontopsixologiya - yosh psixologiyasining bo‘limi bo’lib, keksalik muammolarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i sifatida so‘nggi vaqtlarda ko‘p tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Qariyalarda bilish jarayonlaridagi farqlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, xotirani tekshirishda standart topshiriqlarni bajarishda 30 yoshli va 70 yoshli kishilar turli tezlikda bajaradi. Sodda kognitiv topshiriqlar, ya’ni turli predmetlarni kattaligi bo‘yicha xotirada taqqoslashda qariyalarga yoshlarga qaraganda 50% ko‘p vaqt talab etilgan. Topshiriq murakkablashtirilganda yoshlarga qaraganda qariyalarga 2 barobar ko‘p vaqt talab etilgan (Baltes, 1993). Qariyalarda kognitiv jarayonlar o‘zgarishiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda operatsiyalarning bajarish tezligini yo‘qotishni kompensatsiya qilish mumkin. 1985-yilda S.Salthouse tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda qari mashinistkalar yoshlardan qolishmay ishni bajarishgan, ularda reaksiya vaqti va barmoqlarning sekin harkatlanishini kuzatish mumkin. Tadqiqotchi eksperiment o‘tkazish tartibini murakkablashtirib, mashinistka oldindan o‘qib olishi mumkin bo‘lgan so‘zIar sonini chegaralaganda, qari mashinistkalarning ish tezligi keskin pasayib ketgan, bu yosh mashinistkalarning ish tezligiga umuman ta’sir qilmagan. Qari mashinistkalar yozish tezligini saqlash uchun tekstni oldindan o‘qib olib uni xotirada saqlashga harakat qilishgan. Uzoq muddatli xotirani o‘rganishga bag‘ishlangan test natijalarida yosh farqlari kuzatiladi. Qator tadqiqotlarda qariyalar so‘zlar qatorini qayta esga tushirishga qaraganda tanishga bo‘lgan topshiriqlami yaxshiroq bajarishi aniqlandi (Craik & McDowd, 1987). Ular materialni xotirada saqlash uchun ko‘proq tanlovchanlikni namoyon qiladi. Qariyalarda foydasiz so‘zlar ro‘yxatini eslab qolish ichki isyonni keltirib chiqaradi. Shu bilan bog‘liq ravishda ma’nosiz so‘zlarni eslab qolishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ular quyi natijalarni namoyon etishgan, ma’noli so‘zlarni, qiziqarli iboralarni eslashda keksalar yoshlarga qaraganda yaxshi natija ko‘rsatishgan
(Meyer, 1987). Shunday qilib, qator olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlardan
ma’lum bo‘lishicha, qariyalar ular uchun muhim hisoblangan va hayotda kerak bo‘ladi, deb o'ylangan materialni yaxshiroq eslab qoladilar. Uchlamchi xotira bu ilgari bo‘lib o‘tgan voqeani eslashdir. Xotiraning bu turi keksalarda to‘liq eslab qolinadi.

Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling