Keksa inson shaxsining xususiyatlari mundarija: Kirish I. Bob keksalik-inson ontogenezida o‘ziga xos davr sifatida
II.BOB Kekslaik davrini òrganishda yuzaga keladigan muammmolar
Download 41.99 Kb.
|
KEKSA INSON SHAXSINING XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Keksalik davrining shaxsiy inqirozlari
II.BOB Kekslaik davrini òrganishda yuzaga keladigan muammmolar
2.1.Gerontopsixologiya muammolari Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb tadqiqotlar. Qarilik ijtimoiy kategoriya sifatida XX asrda ajratildi. Bu oxirgi yuz yilda Yer planetasidagi demografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Dunyo aholisining keksayishi ro‘y bermoqda, ya’ni rivojlangan davlatlarda keksa insonlar soni ortib bormoqda. Aholi keksayishining sabablaridan biri tug‘ilishning kamayishi, salomatlikning yaxshilanishi, kichik va katta yoshdagilarda o‘lim sonining kamayishi, hayotning individual davomiyligining ortishidir. Bronza davrida hayotning o‘rtacha davomiyligi 18-20 yil bo‘lsa, o‘rta asrlarda 35 yil, 19 asrda 44 yil bo‘lsa, 20 asrda 68-72 yilni tashkil etadi. Aholining keksayishi fenomeni iqtisodiy, tibbiy, huquqiy, siyosiy va boshqa muammolarni tug‘diradi. Saylovchilar va tovar iste’molchilarining ko‘pchilik qismi keksalar bo‘lganligi uchun barcha tizimlami qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bunda faol va mustaqil hayot tarzini kechiradigan qariyalar hamda doimiy mehribonlikni, e’tiborni talab qiladigan imkoniyatlar funksional mezon bo‘lishi mumkin. 2.2.Keksalik davrining shaxsiy inqirozlari Yetukiik va keksalik orasidagi inqiroz 55-65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan “iste’fo shoki” holatining o‘tkir kechishida namoyon bo‘ladi. Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi. L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalarning uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb ko‘chadilar, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. Bularning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori bo‘lishiga hamda umrining uzun bo‘Iishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar hayotga passiv munosabatda bo‘ladi. Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning yo‘qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi. Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri “hayotga yangicha qarash” texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishishning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan his qilish, nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy cheklovlardan ozod bo‘lish hamda insonning yangi qobiliyatlari namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Keksalik davriga o‘tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yondashuv shaxs ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alomatlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari domiyligi tufayli uzoq vaqt keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari subyekt tomonidan anglanmaydi, o’zining “o‘zgarmasligi” haqida illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir bo‘iadi (masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni anglash bilan bog‘Iiq inqiroz o‘smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi og‘irroq kechadi. E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yo‘lining tugashi sifatida talqin etiladi Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, Egoning yaxlitlikka erishishidir. Keksa psixologik yoshga o‘tish muvaffaqiyatini E. Erikson oldingi yosh inqozlarini ijobiy hal qilish bilan bog‘laydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bo‘lib, bunda o‘tmish, hozir va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarixini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan aloqa o‘rnatish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik davrining eng yuksak yutug‘idir. Qarilik davrida rivojianishning yosh vazifalari quyidagilarda bo‘lishi mumkin: yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik; keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish); vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib foydalanish; rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz kechish va yangilarini shakllantirish; yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlaming uzoqlashishi munosabati bilan bo‘ladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, emotsional egiluvchanlikni saqlash; - ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib o‘tish), xulq-atvoming yangi shakllarini izlash; - ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash. Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoqlashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o‘zgarishlardir.Keksalarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining ijtimoiy vaziyatini to‘liq deb bo‘lmaydi. Keksalik davrida inson quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qolish hamda yangi ijtimoiy aloqalami o‘rnatish yoki yaqinlarining qiziqishlari bo‘yicha ularga qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu moslashuv strategiyasini - o‘zini shaxs sifatida yoki individ sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga bog‘liq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifatida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo‘naltirilishi mumkin. “Yopiq kontur tipi” bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga qiziqishlar va intilishlar darajasining pasayishida, egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, to‘liqmaslik kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda namoyon bo‘ladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini “passiv keksayish” yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb atashadi. Bunga altemativ ravishda yana bir model mavjud, bunda jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi. Bunda yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan iborat bo’ladi. Bunda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilishlari, nabiralami tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. O‘zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega bo‘lish, yaqinlarga kerakli inson bo‘lishga intilish, hayotga qiziquvchanlikni his qilish zarur. N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tgan. I.Nafaqadan oldingi keksalik. 55 yoshdan nafaqaga chiqquncha) - nafaqaga tayyorlanish. 1.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati. nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu “tezroq dam olishni boshlash”, kim uchundir faol mehnat faoliyatining to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilishni bilmay noaniqlik; asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni sezadi, boshqa tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan kechroq chiqazishlariga umid qiladi; yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabiralarini ham ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun “foydali”, ikkinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qarab qolganida “kerak emasligini” his qilish; ishda o‘ziga “munosib shogird” tayyorlash, tarbiyalashga intilish. 2.Yetakchi faoliyat: ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin“Yaxshi nom” qoldirishga intilish; - o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish; - nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini maksimal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanib, “bo‘linishlari” mumkin; - nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi. II. Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) – bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati. eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-asta kamayib boradi; - asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi (“tajribasiz nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim); - sekin asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo bo‘ladi ; -yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘rning nabiralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo‘r ijtimoiy vaziyatining bir qismi hisoblanadi. 2. Yetakchi faoliyat:- bu birinchi navbatda yangi rol sifatida “o‘zini izlash”, turli faoliyatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdir, bu “sinab ko‘rish va xato qilish” metodi orqali o‘z-o‘zini aniqlashdir (bunda u kundan kunga hayot qisqaligini his qiladi). - Ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati bo‘yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishlayotgan nafaqadagilarda shaxsiy muhimlik hissi ortadi. - Yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari kuchayadi. - Ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam o‘tgan umrini sarhisob qilishga harakat qiladi, ayrimlar “memuarlar” yozib o‘z tajribasi va kechinmalari bilan bo‘lishishga harakat qiladi. III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha yildan keyin sog‘liqning jiddiy yomonlashuvigacha bo’lgan davr) bunda inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan bo‘ladi va quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1.Rivojianishning ijtimoiy vaziyati. o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot; keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga “g‘amxo‘rlik” qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot; ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar. ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat o‘zgaradi,ayrim keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari asta-sekin uzoqlasha boradi. Download 41.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling