Keksa inson shaxsining xususiyatlari mundarija: Kirish I. Bob keksalik-inson ontogenezida o‘ziga xos davr sifatida


Download 41.99 Kb.
bet6/8
Sana27.01.2023
Hajmi41.99 Kb.
#1133296
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KEKSA INSON SHAXSINING XUSUSIYATLARI

2. Yetakchi faoliyat
bo‘sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat bilan shug‘ullanib, o‘zlarini sinab ko‘radilar.
har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini ko‘rsatishga
intilish;
ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo‘lsa-da) uchun o‘limga tayyorlanish yetakchi faoliyat bo‘lib qoladi, bu dinga berilish, tez-tez qabristonga borish, yaqinlariga “vasiyatlar” qilishda namoyon bo‘ladi.
IV. Sog‘liqning birdan yomonlashishi sharoitidagi uzoq umr ko‘rish sog‘ligida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati birbiridan farq qiladi.
1.Ijtimoiy vaziyat.
yaqinlar, qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bilan asosan muloqot amalga oshiriladi.
qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech kimi o‘q qariyalarni bunday uylarga joylashtiriladi).
2. Yetakchi faoliyat:
da’volanish, qandaydir usullar bilan bo‘lsa-da kasallikka qarshi kurashish;
o‘z hayoti mazmunini anglashga intilish. O‘z hayotini bezashga intilish, hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda inson “bekorga yashamaganligini ko‘rsatish uchun” o‘zidan yaxshiroq narsa qoldirgisi keladi.
V. Nisbatan mustahkam sog'liq bilan uzoq umr ko‘rish(75-80 yosh va undan kattalar) 1.Ijtimoiy vaziyat. yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida uzoq umr ko‘ruvchi shaxs yashayotganligidan faxrlanish; uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar paydo bo‘ladi;
uzoq umr kechirish noyob hodisa bo‘lganligi uchun u bilan gaplashishga hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi.
2. Yetakchi faoliyat:
Insonning layoqatiga bog‘liq bo‘lib, ko'proq faol hayot tarzini kechirish, sog‘liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytganlarini qilish emas, balki o‘z sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.

III. BOB Keksa inson shaxsining xususiyatlarini o’rganish borasida olib boriladigan tarjiba sinov ishlari
3.1 Keksa inson shaxsining xususiyatlarini o’rganish ishlari
Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus o‘zgarishlar xos. Bu affektiv reaksiyalaming kuchayishi (kuchli asab qo‘zg‘aIishi); sababsiz xafa bo‘lish, yig‘lash va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Qariyalarda o‘tmish qadriyat hisoblanadi. Kaliforniya universiteti olimlarining 40 yillik longityud tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshda emotsional va psixologik barqaror faol shaxslar 70 yoshda ham o‘z faolliklarini saqlab qoladi. Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan muhim omillardan biri jismoniy sog’liq, jismoniy faollikdir. Jismoniy noxushliklar keksalik davrida hayotdan qoniqmaslikning muhim sababidir. Buning xususiy oqibatlari atrofdagilarga qiziqishning pasayishi, yaqinlar bilan munosabatlaming o‘zgarishi, o‘z-o‘zini baholashning pasayishida ko‘rinadi. Biroq shaxsiy keksayishga munosabat - keksalar psixik hayotining faol elementidir. Jismoniy va psixik o‘zgarishlami anglash, o‘zining jismonan nosog‘lomligini his qilish keksalik davrida o‘zo‘zini anglashning yangi darajasini tashkil etadi. Keksalarning jismoniy kuch va imkoniyatlarining chegaralanganligiga chidamliligi yoki chidamsizligi shaxsiy qartayishiga munosabatini bildiradi. K.Roshakning ta’kidlashicha, ehtiyojlar ierarxiyasi, tuzilishi o‘zgaradi: qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va mustaqillik ehtiyoji. Shu bilan birga keksalik davrida vaqtinchalik hayotiy rejalaming umumiy o‘zgarishi ro‘y beradi. Hozirgi hayot va o‘tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga nisbatan muhim ahamiyatga ega. Keksalarning o‘tmish xotiralarga qaratilganligi fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir. Shuningdek, bu davrda hayotdan qoniqish hamda o‘z-o‘zini baholashning susayishi kuzatiladi. Amerika psixologlari tadqiqotlarida nafaqaga chiqqan erkaklar o‘rganilib, 5 xil shaxs tiplari o‘rganilgan.
1. Konstruktiv tip - ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfiyat, o‘ziga nisbatan tanqidiylik va boshqalarga nisbatan chidamlilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyatni to‘xtatgandan so‘ng ham hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib qoladi. Bunday keksalaming o‘z-o‘zini baholashi yuqori bo‘lib, atrofdagilarning yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi.

  1. Bog‘liq tip - ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi moslashgan tip. Yuksak hayotiy va kasbiy intilishlar bo‘lmaganida turmush o‘rtog‘iga yoki farzandiga bo‘ysunadi. Oilaviy vaziyat tufayli hissiy muvozanat saqlab turiladi.

  2. Himoyalanuvchi tip — zo‘r berib doimiy faollik orqali o‘z-o‘zini ta’minlashga intilish. Nevrotik tip sifatida baholanadi.

  3. Agressiv-ayblovchi tip bunday keksalar shaxsiy muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni boshqalarga to‘nkaydi, shubhalanuvchan va birdan tutoqib ketadi. Ular o‘zlarining keksaligi, nafaqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni istamaydi, kuchi tugayotgani va o‘lim haqida o‘ylab, yoshlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘ladi.

  4. O‘z-o‘zini ayblovchi tip-passivlik, depressiyaga beriluvchanlik, tashabbussizlik, yolg‘izlik, hayotga pessimistik munosabat, o‘lim baxtsizlikdan qutulish yo‘li sifatida qabul qilinadi. I.S.Kon keksalikdagi ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda mezon sifatida faoliyatning yo‘nalganligidan foydalanadi. Ijobiy psixologik qulay tiplar:
    1) nafaqaga chiqqandan so‘ng jamoat ishlarini davom ettirish, faol va ijodiy munosabatda bo‘lish; 2) shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish - moddiy ta’minlanganlik, xobbi, qiziqishlar, mustaqil ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va psixologik ta’minlanganlik;
    3) oilaning boshqa a’zolariga qulay bo‘lish uchun ularga yordamlashish, bular ko‘proq ayollardir. Zerikish yo‘q, lekin birinchi va ikkinchi guruhdagilarga nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq;

  1. hayotning mazmuni sog‘liqni mustahkamlash bilan bog’lanadi, bu ko‘proq erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish hosil qiladi, ba’zan sog’liqqa nisbatan xavotirlanish kuzatiladi.

  1. agressiv, maxmadonalar; 2) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar. Keksalik davrida paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilma - bu hayotiy donishmandlik, hamda ruhning chuqur qatlamlari bilan yashash qobiliyatidir.


Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling