Kelgusi davr xarajatlari hisobining ilmiy-nazariy asoslari


Download 125.92 Kb.
bet15/20
Sana18.02.2023
Hajmi125.92 Kb.
#1210373
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kelgusi davr xarajatlari hisobi

Mz
Kz = -------
Mf
bu erda,
Kz – mahsulotni zararsiz sotish koeffitsienti;
Mz – mahsulotni zararsiz sotish hajmi;
Mf – mahsulotni foydali sotish hajmi.
Quyida mahsulotni zararsiz sotish koeffitsientini hisoblaymiz:
6 250
Kz = ----------- = 0,83
7 500
Bu koeffitsient yordamida mahsulot sotish hajmiga bog’liq zararsizlik ko’rsatkichini aniqlaymiz.
1. Mahsulot sotish hajmini qiymat ko’rinishida aniqlaymiz.
1 500 000 x 0,83 = 1 245 000 so’m
2. Mahsulotning zararsiz narxini belgilaymiz.
100 x 0,83 = 83 so’m
3. Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlarni aniqlaymiz.
60 x 0,83 = 49,8 so’m
4. Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan marjinal daromad summasini aniqlaymiz.
40 x 0,83 = 33,2 so’m
CVP–tahlil tizimi hisob-kitoblarni soddalashtiradi va ularning mehnat talabliligini kamaytiradi, shuningdek, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga imkon beradi. CVP-tahlili amaliyotda goho zapapcizlik nuqtasi tahlili deb ham yuritiladi. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegarasi) deganda, korxona ishlab chiqarishining shunday hajmi va tushumi tushuniladiki, bunda barcha xarajatlar qoplanishi va dastlabki foyda olinishi ta’minlanadi, ya’ni, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan tushum uning barcha xarajatlari yig’indisiga teng bo’ladi. Bu sotishlarning shunday hajmiki, unda korxona foyda ham, zarar ham ko’rmaydi.
Mazkur nuqta "Xatarli", "O’lik" yoki "Muvozanat" nuqtasi deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqtani BEP ("Break-even point" – qisqartmasi) sifatida belgilanadi va u rentabellik nuqtasi yoki ostonasi deb ataladi.
Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni hisoblash grafik, tenglamalar va marjinal daromad kabi usullar yordamida amalga oshiriladi.
Grafik usulda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni topish "Xarajatlar – mahsulot hajmi – foyda" yaxlit grafigini tuzish imkonini beradi.
Keltirilgan chizmadagi zararsizlik nuqtasiga mos keluvchi tushum ostonaviy tushum deb ataladi. Zararsizlik nuqtasidagi ishlab chiqarish (sotish) hajmi ishlab chiqarish (sotishlar)ning ostonaviy hajmi deb ataladi. Agar korxona sotishlarning ostonaviy hajmidan kam mahsulot sotsa, u zarar ko’radi, ko’p sotsa foyda oladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi va yalpi foyda chizmasini tasvirlashda turli darajadagi ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash muammosi paydo bo’ladi. Zararsizlik nuqtasi chizmasi bo’yicha foyda va zararlar o’rtasidagi oqilona nisbatni aniqlash uchun jami xarajatlar va daromadlar chiziqlari orasidagi masofa aniqlanadi. Bunda foydaning oshishiga mahsulot hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlashda qulay usullardan biri foyda va mahsulot hajmi chizmasi hisoblanadi.
Agar sotish hajmi nolga teng bo’lsa, unda maksimal zararlar doimiy xarajatlar summasiga teng bo’lishi shart, chunki korxonaning zararlari uning doimiy xarajatlari summasidan oshib ketmasligi lozim.


Xarajatlarning
umumiy summasi Foyda
yoki yalpi tushum


Zararlar


Ostonaviy
tushum Zararsizlik
nuqtasi


Doimiy xarajatlar

0
Sotuvchining Sotish hajmi
ostonaviy hajmi (miqdoriy
birliklarda)

Download 125.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling