Kelgusi davr xarajatlari hisobining ilmiy-nazariy asoslari


Download 125.92 Kb.
bet18/20
Sana18.02.2023
Hajmi125.92 Kb.
#1210373
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kelgusi davr xarajatlari hisobi

Ocmonaviy tushum
Zararsizlik bahosi = -----------------------------------------------------
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
Mazkur formula yordamida ishlab chiqarish hajmini belgilash, sotish va zarur darajada foyda olish imkonini beradigan bahoni belgilash mumkin.
Korxonalarda ishlab chiqarish dastagi samarasini aniqlash tartibi. Ishlab chiqarish dastagi (leverage, co’zma-co’z tarjimada richag, dastak) – bu korxona foydasini samarali boshqarishning doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni o’zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmidir. Uning yordamida sotish hajmi o’zgarishiga bog’liq ravishda korxona foydasi o’zgarishini taxminlash, shuningdek, zararsiz faoliyat yuritish nuqtasi topiladi. Korxona xarajatlarini doimiy va o’zgaruvchanga bo’lishga asoslangan marjinal usuldan foydalanishda ishlab chiqarish dastagi mexanizmini qo’llanishi zaruriy shartdir.
Ishlab chiqarish dastagi samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
MD Xd + F Xd
Sli = ---------- yoki ------------- = 1 + -----------
F F F
bu erda,
Sli — ishlab chiqarish dastagi samarasi;
MD — marjinal daromad;
Xd — doimiy xarajatlar;
F — foyda.
Ushbu formula yordamida topilgan ishlab chiqarish dastagi samarasining qiymati korxona tushumi o’zgarishiga bog’liq ravishda foydaning o’zgarishini taxminlash imkonini beradi.
Ushbu holat quyidagi ko’rinishda ifodalanadi:
F
Sli = ----------
ΔT
bu erda,
ΔF — foydaning o’zgarishi, % da;
ΔT — tushumning o’zgarishi, % da.
Yanada aniqroq tasavvur qilish uchun ishlab chiqarish dastagi samarasini "Andijonsut’" aktsionerlik jamiyatining 2019 yilgi ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqamiz (ming so’mda).
1) Sotishlar summasi (tushum) 575 454
2) O’zgaruvchan xarajatlar 444 096
3) Marjinal daromad (1q-2q) 131 358
4) Doimiy xarajatlar 74 045
5) Asosiy faoliyat(operatsion) foydasi (3q-4q) 57 313
6) Sotilgan mahsulot hajmi, dona 1 050
7) Bir birlik mahsulot bahosi, so’m 548,05
8) Ishlab chiqarish dastagi samarasi (3q:5q) 2,29
Bizning misolimizda ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,29 birlikni tashkil etadi (131 358 : 57 313). Bu shuni anglatadiki, korxona tushumi 1%ga pasayganda, foyda 2,29%ga qisqaradi, tushum 23%ga pasayganda esa, biz rentabellik ostonasiga etamiz, ya’ni, foyda nol bo’ladi. Faraz qilaylik, tushum 10%ga qisqardi va 517 908,6 ming so’mni tashkil etdi (575 454 x 10 : 100). Bunday sharoitda korxona foydasi 22,9%ga qisqaradi va 27 232,02 ming so’mni tashkil etadi.

Download 125.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling