Kelgusi davr xarajatlari hisobining ilmiy-nazariy asoslari


Relevantlik darajasining approksimatsiya chizig’i bilan o’zaro bog’liqligi


Download 125.92 Kb.
bet17/20
Sana18.02.2023
Hajmi125.92 Kb.
#1210373
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kelgusi davr xarajatlari hisobi

Relevantlik darajasining approksimatsiya chizig’i bilan o’zaro bog’liqligi

Ushbu chizmadan ko’rinib turibdiki, to’g’ri chiziqli o’zgaruvchan xarajatlar bilan egri chiziqli o’zgaruvchan xarajatlar ma’lum darajada alohida, ma’lum bir nuqtada esa bir tekisda harakat qiladi va keyinchalik yana ajralib ketadi. Mana shu chiziqlar qo’shilgan oraliq relevantlik darajasi, deb ataladi.


To’plamlar (tenglamalar) usuli yordamida zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.


Yalpi tushum — O’zgaruvchan xarajatlar — Doimiy xarajatlar = Foyda
Formula ko’rsatkichlari hisob-kitobini quyidagicha yoyib chiqish mumkin:
(Bir birlik mahsulotning bahosi x Bir birlik mahsulotning miqdori) — (Bir birlik mahsulotga qilingan o’zgaruvchan xarajatlar x Bir birlik mahsulotning miqdori) — Doimiy xarajatlar = Foyda
Sotishlarning zararsizlik (kritik) nuqtasini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Sotilgan mahsulot Doimiy xarajatlar
birligiga to’g’ri keladigan = -----------------------------------------------
kritik nuqta Baho x Shu birlik mahsulotning
o’zgaruvchan xarajatlari
Marjinal daromad usuli tenglamalar usulining turlaridan biri hisoblanadi. Bunda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Doimiy xarajatlar
Zararsizlik nuqtasi = -----------------------------------------
Marjinal daromad normasi
Chidamlilikning marjinal zahirasi — bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olinadigan haqiqiy tushumning sotishni zararsizligini ta’minlovchi ostonaviy tushumdan oshib ketishini ko’rsatuvchi kattalikdir. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan topiladi:
Chidamlilikning (Haqiqiy tushum - Ostonaviy tushum)
marjinal = ------------------------------------------------------------
zahirasi Haqiqiy tushum x 100 %
Zararsiz sotuv vaqtida mahsulot bahosini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Download 125.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling