Kelib chiqishi bo’yichа tа guruxgа bo’linаdi


Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar


Download 29.48 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi29.48 Kb.
#1290014
1   2   3
Bog'liq
ToLDIRUVCHI

Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan jinslardan tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari pemzalar, shlaklar,tuflar, g‘ovak bazalt, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, yahni magmaning ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning yer ostidan chiqishida bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar pufakchalar xolatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning sovishida qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo‘lgan tolasimon g‘ovak jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi.
Tabiatda pemza qum, shag‘al yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatidi uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish karerlarni qayta ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi va tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi.
Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli aylanadan yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi 85% ga yetadi. Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100kg/m3 ni , pemza shag‘ali esa 400-900kg/m3 ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm3 ni tashkil qiladi.
Pemza shag‘alining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni tashkil etadi. Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi:
,
bu yerda: A=1; n=2 ga teng bo‘ladi.
Nisbatan mustahkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi pemzalar (ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) yengil konstruktsion betonlar olishda ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruksiyalar, yahni tom yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshoatlari ishlab chiqariladi.
Vulqon shlaki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida Armanistonda, Gruziya, Kamchatkada uchraydi. Vulqon shlaki suyuq magmani asosiy tarkibining havoda qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon shlaki asosidagi qum va shag‘al yirik toshlarni maydalash va saralash (fraksiyalash) natijasida olinadi. Vulqon shlakining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i shlaki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki shag‘alining uyilma zichligi 400-850 kg/m3, vulqon shlaki qumi esa 650-1300kg/m3. Vulqon shlaki to‘ldiruvchi sifatida turli yengil betonlarda ishlatiladi.
Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, vulqon changlarining turli darajadagi zichlanishi va ko‘pchishidan yuzaga keladi. Lava tuflari esa bu tezda qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon changi va qumlari mavjud bo‘ladi. Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh kesish mashinalarida qayta ishlangan, karerlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p xajmi chiqindiga aylanadi)ni maydalash va navlarga ajratishda yengil betonlar uchun yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m3 g‘ovak shag‘al va uyilma zichligi 700-1000 kg/m3 bo‘lgan g‘ovak qum olinadi. Tuflar donador strukturaga ega bo‘ladi. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, bahzan yacheykali strukturaga ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi:
,
bu yerda: n-daraja ko‘rsatkichi;
n- lava tuflari uchun 3 gacha olinadi;
n- tuflar uchun 4 va undan yuqori olinadi;
Shu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari tuflarga nisbatan mustahkam va pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha turlarining suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi yetarli bo‘lmaydi, bu uning strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. Bunday tuflar betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sunoiy g‘ovak to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.

Download 29.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling