Kelishildi” Qashqadaryo viloyat gimnastika federatsiyasi ijrochi direktori E. Vaxidov


VIII-bob. Musobaqani moliyalashtirish manbalari


Download 86.11 Kb.
bet6/9
Sana28.03.2023
Hajmi86.11 Kb.
#1302134
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2023-yil Musobaqalar nizomi GIMNASTIKA

VIII-bob. Musobaqani moliyalashtirish manbalari

  1. Musobaqalar o‘tkazilishining moliyalashtirish shartlari:

musobaqaning ishtirokchilari sportchilar, trenerlarning ovqatlanishi, yotoqxona va yo‘l xarajatlari safarga yuborgan tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
musobaqalarda ishtirok etuvchi hakamlar, xizmat qiluvchi xodimlarning xarajatlari boshqarma tomonidan qoplanadi. Ayrim hollarda federatsiya va homiylar tomonidan qoplanishi mumkin.

  1. Musobaqalarning moliyalashtirilishi yuzasidan ushbu Nizomning moliyalashtirish shartlariga boshqarma tomonidan (zaruriyat hollarda) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

IX-bob. Musobaqa natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish

  1. Musobaqa natijalari bo‘yicha shaxsiy yoki guruh mashqlari bo‘yicha qo‘yilgan D (elementlar qiymat) balldan norozi bo‘lgan taqdirda, baholarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan murojaatlarni hakamlar hay' atiga topshiriladi.

  2. Musobaqa natijasi bo‘yicha murojaatlar jamoaning rasmiy vakili tomonidan sportchining yoki guruhning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan holda snaryadda D (elementlar qiymat) hakamlar brigadasini aniq ko‘rsatib, yozma ravishda beriladi.

  3. Murojaatlar yakuniy natijalar e'lon qilinishi bilan 1 daqiqa davomida og‘zaki tarzda, yozma murojaat esa mashqning videosi bilan barcha hakamlar brigadasinging yakuniy baholari qo‘yilgach 3 daqiqa davomida musobaqa bosh hakamiga beriladi. Agar norozilik murojaati 3 daqiqa davomida yozma tarzda tasdiqlanmasa, murojaat bekor qilinadi. Kech taqdim etilgan murojaatlar qabul qilinmaydi.

  4. Bir jamoa vakili boshqa jamoa sportchisiga norozilik murojaati berishi mumkin emas.

  5. Qabul qilingan qaror natijasi bo‘yicha murojaat qilgan rasmiy vakilga yozma (yoki og‘zaki) tartibda javob berilishi ma‘lum qilinadi.

  6. Musobaqaning bosh hakamlar hay'ati D (elementlar qiymati) ball bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra musobaqa yakuniy bahoni bekor qilishi yoki unga tegishli o‘zgartirish kiritishi mumkin.

  7. Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, musobaqaning bosh hakamlar hay'ati tomonidan norozilik murojaati ijobiy baholanilgan taqdirda norozilik badali to‘lanmaydi.

Musobaqaning bosh hakamlar hay'ati tomonidan norozilik murojaati salbiy baholanilgan taqdirda, har bir norozilik murojaati uchun
300 000 so'm miqdorda norozilik badali federatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.

  1. Federatsiyaning ijro qo‘mitasi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


Download 86.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling