Kеlishildi” Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasining kasaba uyushma qo‘mitasi raisi boshlig‘i
Download 157.5 Kb.
|
Ichki mehnat tartib qoidasi - SVSOFB
- Bu sahifa navigatsiya:
- ___”____________2022-yil “TASDIQLAYMAN”
- Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi rahbar-xodimlari uchun ichki mehnat tartib-qoidalari I. UMUMIY QOIDALAR
Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi rahbar-xodimlari uchun ichki mehnat tartib-qoidalari I. UMUMIY QOIDALAR 1.1. Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda boshqarma deb yuritiladi) xodimlari uchun Ichki mehnat tartibi qoidalari (keyingi o‘rinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, mehnat to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. 1.2. Ushbu “Qoidalar” boshqarmaning Kasaba uyushma qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Kasaba uyushmasi” deb yuritiladi) bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va boshqarma rahbarlari xodimlari uchun qo‘llaniladi. 1.3. Mazkur “Qoidalar”ga muvofiq: Boshqarma nomidan Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig’i ish beruvchi hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb yuritiladi); - mehnat qonunchiligida ko‘rsatilgan yoshga yetgan va ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi (Kontrakti) imzolagan shaxslar xodim hisoblanadi; Kasaba uyushmasi mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi vakillik organi hisoblanadi. 1.4. Qoidalarga rioya qilish Ish beruvchi va barcha xodimlar uchun majburiy hisoblanib, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 1.5. Ish beruvchining majburiyatlari quyidagilar: 1.5.1. Xodimlarning mehnatini tashkil etish; 1.5.2. Qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratish; 1.5.3. Xodimga u bajargan ish uchun boshqarmada belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda haq to‘lash; 1.5.4. Mehnat va ishlab chiqarish intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash; 1.5.5. Qonunchilikka, jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlarning dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolatli va badal to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash; 1.5.6. Mehnat majburiyatlarini bajarishi jarayonida xodimga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to‘lash; 1.5.7.Xodimlarning vakolatli organlari huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish; 1.5.8. Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish. 1.6. Xodimning majburiyatlari; 1.6.1.O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish; 1.6.2.Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunda muvofiq keladigan farmoyishlarlari, buyruqlari, topshiriq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda aniq bajarish; 1.6.3. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish; 1.6.4. Boshqarmaning mol-mulkini avaylash va unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; 1.6.5. Mehnat jamoasining a’zolari, boshqarma mijozlari va ish jarayonida muloqatda bo‘ladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lishlari lozim. 1.6.6. Boshqarma xodimlari o‘z ishiga va kasbiga mos bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim. Jumladan, boshqarma xodimi bo‘lgan erkaklar oq, havorang, och jigarrang yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki kostuyum, galstukda va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Shuningdek, boshqarma xodimlari koridorda va xizmat xonalarida istki, bosh kiyim (plash, palto kurtka kabilar)da yurishlari hamda soch-soqoli o‘sgan, to‘zg‘igan holda kelishlari taqiqlanadi. Boshqarma xodimlari, bo‘lgan xotin-qizlar klassik uslubdagi kiyimlar hamda diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyot tor kiyimda kelishlari mumkin emas. Download 157.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling