Kurs ishi Mavzu: XX asirning so’ngi choragida Angliya Topshirdi: Abduraxmanov Jaloladdin Ilmiy rahbar: Satimova Nodira Reja


Download 73.07 Kb.
bet1/15
Sana18.06.2023
Hajmi73.07 Kb.
#1593253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
angliya tayin



Ajinyaz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI tarix fakulteti 3-g tarix yo’nalishi ta'labasi Abduraxmanov Jaloladdinning jahon tarixi fanidan

Kurs ishi


Mavzu: XX asirning so’ngi choragida Angliya

Topshirdi: Abduraxmanov Jaloladdin
Ilmiy rahbar: Satimova Nodira

Reja

  1. Kirish

  2. Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya.

    1. Leyboristlar hukumatining tashqi siyosati K. Attlee. Britaniya mustamlaka imperiyasining qulash

    2. Konservativ kabinetlar Uinston Cherchill (1951–1955), ser Entoni Eden (1955–1957), Garold Makmillan (1957–1963), Alek Duglas-Home (1963–1964) kabinetlari

  3. Konservativ tashqi siyosat 1951–1963 yillar Dekolonizatsiya jarayoni

    1. Angliya-Amerika munosabatlari

  4. Britaniyaning Yevropa davlatlari bilan aloqalari. Buyuk Britaniya va EEC

4.1G.Vilson hukumatining tashqi siyosati
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
XIXasrning oxiri XX - asrning boshlarida ham Angliya jahondagi eng qudratli va eng boy davlatlarning biri edi. Angliya hali ham jahon savdosida birinchi o`rinni egallab turardi, jahon tovar almashinuvining anchagina qismi uning hissasiga to`g’ri kelar edi.Okeanlardagi kemalarning deyarli yarmi Britaniya imperiyasi bayrog’i ostida suzardi. Angliya burjuaziyasi jahon savdosiga qarzlar berib, bundan juda katta foyda olardi.Shu sababli London jahonning moliyaviy markazi bo`lib hisoblanar edi.Angliyaning funt sterlingi ham jahon savdosidagi hisob-kitob uchun ishlatiladigan pul bo`lib xizmat qilib turdi. Yer yuzining hamma joyida Angliya banklarining juda ko`p shaxobchalari faoliyat ko`rsatar edi.Angliya sanoati XX -asrning dastlabki o`n besh yilida XIX- asrning keyingi o`n yilidagiga qaraganda tezroq sur`atlar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlarida, jumladan, ximiya va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish juda tez o’sdi. Eski tarmoqlarda ham ishlab chiqarish rivojlanaveradi. CHunonchi, 13 yil mobaynida (1900-1913 yillar) cho`yan yeritish 14,5% ko`mir kazib chiqarish esa hatto 30% o`sdi.Biroq jahon raqobatida eng muhim ko`rsatgichlar bo`yicha Angliya o`zining raqiblaridan ayniqsa, AQSH va Germaniyadan keyinda qolayotgan edi. Jahon miqyosida ko`mir qazib chiqarish bo`yicha Angliyaning hissasi 1900 yildan 1913 yilgacha o`tgan davr ichida 29,7% dan 21,8% ga tushib qoldi. Jahon miqyosida cho`yan ishlab chiqarish sohasida esa 22,1% dan 13,2% ga, paxta iste`molida esa 28,5% dan 23,2% ga tushib qoldi.Bu qoloqlikning eng muhim sabablaridan biri shu ediki,Angliyaning raqiblari, xususan industriyalashtirish yo`liga Angliyaga qaraganda keyinroq kirishgan AQSH va Germaniya o`z sanoatida eng yangi mashinalari va ishlab chiqarishning eng ilg’or texnologiyasini joriy qilish imkoniyatiga ega bo`lganligi bo`lsa, Angliyada esa sanoati eski texnikalar asosida ishlashi edi. eski texnikani yangisi bilan almashtirmoq uchun ko`p miqdorda yangi kapital sarflash kerak edi, biroq ingliz burjuaziyasi o`zining kapitallarini boshqa mamlakatlarga ko`p miqdorda chiqarishni afzalroq deb bildi, chunki shu tufayli u eng ko`p foyda olmoqda edi.Chet mamlakatlarga kapital chiqarish miqdori jihatidan Angliya birinchi o`ringa chiqib oldi, 1910 yilda ingliz burjuaziyasining chet ellardagi kapitali qariyb 3,7 milliard funt sterlingga yetdi, vaholanki Fransiyaning chet ellardagi kapitali 10 milliarddan, Germaniyaniki esa 1 milliarddan oshmas edi. Chet ellarga chiqarilayotgan kapital ingliz burjuaziyasiga juda katta daromadlar keltirib turdi.Chet el raqobatidan zarar ko`rayotgan sanoatchilarning ba`zi kategoriyalari chet ellardan keltirayotgan tovarlarga boj solig’i solishni talab qilayotgaliklariga qaramay, Angliya hukumati tashqi savdo va chet el mamlakatlariga kapital chiqarish bilan mahkam bog’langan nufuzli burjua doiralarining manfaatlarini ko`zlab erkin savdo siyosatini saqlab qolaverdi. Bu esa Angliya sanoatida monopolistik birlashmalarning o`sishini birmuncha sekinlashtirib qo`ydi, chunki monopoliyalar tuzishga rag’batlantiruvchi eng muhim vositalardan biri – ichki bozor narxlarini bemalol oshira borish imkoniyatini susaytirib yubordi.Shunga qaramay, kapitalizm rivojlangan boshqa mamalakatlarda bo`lgani kabi Angliyada ham ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyalash va markazlashtirish sababli monopoliyalar tuzish va ularni kuchaytirish davom etaverdi. Ingliz kapitalizmining xususiyatlari tufayli bu protsess bank ishlarida hammadan ko`proq davom etdi.Birinchi jahon urushi arafasida Angliyadagi eng katta 12 ta bank hamma bank kapitalining 90 % ini o`z qo`lida olgan edi, shu tufayli ular iqtisodiyotida va moliya sohasida hukumronlik mavqeni egallab olgan edilar. Sanoatda ham har xil monopolistik birlashmalar vujudga keldi, bu birlashmalar mamlakat iqtisodiyotida tobora kattaroq rol o`ynay boshladi.Yengil sanoatda monopolistik birlashmalarining «gorizontal» tipi, ya`ni muayyan bir turdagi ishlab chiqarishgina bitta firma qo`lida to`planishidan iborat monopolistik birlashmalar ustunlik qilmoqda edi.Angliyaning juda katta va keng mustamlakalari tovarlarni sotish hamda ingliz kapitalini joylashtirish uchun keng bozor bo`lib xizmat qildi va xom ashyoning ko`pgina muhim turlarini hosili sohasida Angliyaning monopoliya bo`lib qolishini ta`minlab turdi, Shuning uchun ham Angliyada monopolistik kapitalizm mana shu juda katta mustamlakalarga tayanib rivojlanaverdi.Jahonni uzil-kesil taqsimlashdan eng katta ulush olgan Angliya yer yuzida eng zo`r mustamlakachi davlat bo`lib qolaverdi. Angliya mustamlakalarining hududi 1900- yilda 33-million kvadrat kilomertdan oshib ketdi.Imperalizm davri boshlanishi bilan ingliz burjuaziyasi o`z qaramog’ida mustamlakalarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirib yubordi.Angliyadan chetga chiqayotgan jamiki kapitalning taxminan yarmisi mustamlakalarga qul qilingan xalqlarni eksplatatsiya qilish kuchaytirilayotganligi natijasida bu kapital ayniqsa ko`p foyda bermoqda edi. Ingliz imperialistlari tomonidan Burlarga qarshi boshlangan urush XIX- asrning oxiri, XX- asrning boshidagi urushlardan biri bo`ldi va bu urushning boshlanib ketishiga Angliyaning o`z mustamlakalarini yanada kengaytirishga intilayotganligi sabab bo`ldi.Afrika qit`asining Burlar yashaydigan Transvaal va Oranjevay respublikalaridan boshqa, butun janubiy qismini inglizlar XIX-asrning oxirigacha bosib olgan edilar.O`sha paytda ingliz imperialistlari Misrdan to Yaxshi Umid burniga qadar bo`lgan yaxlit hududda Buyuk Afrika imperiasi vujudga keltirish loyihasini ishlab chiqdilar. Bu loyihaga AQSH, Germaniya davlatlari amalga oshirish yo`lida g’ov bo`lib turgan edi.Angliya hukumati 1895-yilda raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, 1899-yilda Bur respublikasiga qarshi agressiyani yana boshlab yubordi. O`zini himoya qilishga majbur bo`lgan, Transvaal hukumati 1899 yil 9-oktyabrda Angliyaga qarshi urush e`lon qildi. Oradan ikki kun o`tgach unga Oranjevay respublikasi qo`shildi.1900-yilning yoziga kelib, inglizlar Janubiy Afrikaga burlarning 150 ming qo’shiniga qarshi 500 mingga yaqin qo`shin keltirdilar. Ingliz armiyasi burlarni tor-mor keltirdi va 1900-yilning iyuniga kelib Bur respublikalarining hududini okkupatsiya qilish kuchaydi. 1900-yil sentyabrida Angliya hukumati urush tamom bo`lganligini, Transvaal va Oranjevay respublikalari anneksiya qilib olinganligi e`lon qildi.Inglizlar burlarning otryadlariga qarshi kurashayotgan vaqtlarida mahalliy Bur aholisiga nisbatan eng shafqatsiz jazo choralarini qo`llayverdilar, ularning qishloqlariga bostirib kelib, fermalarga o`t qo`yardilar, burlarning chorva mollarini tortib olardilar.1902 yil bahorida Burlar taslim bo`ldi, 1902 yilning 1-iyunida sulh tuzildi. Inglizlar butun Janubiy Afrikaning xo`jayini bo`lib qoldilar.Angliyada XIX asrning oxirida sinfiy ziddiyatlar keskinlashganligini va o`sha vaqtdayoq ishchilar harakati yanada yuksala boshlaganligi natijasida ishchilar ommasi Liberallar partiyasidan tobora ko`proq chekina boshladilar, mustaqil ishchilar siyosati g’oyasi yana vujudga keldi. Tred-yunionlarning 1899 -yilda Plimutda o`tkazilgan navbatdagi kongressi bundan buyon parlamentga ko`proq ishchi deputatlar o`ltkazish maqsadida maxsus konferensiya chaqirishga qaror qildi. Sotsialistik tashkilotlarning va mustaqil ishchilar partiyasining ishtiroki bilan tred-yunionlar tashabbus ko`rsatib, 1900 yilda Londonda chaqirilgan maxsus konferensiya ishchi deputatlarni parlamentga saylashni tashkil etmoq uchun ishchi vakillari komitetini tuzdi. 1905-yilda komitetning nomi o`zgartirilib, unga ishchilar partiyasi degan nom berildi.Taf vodiysida bo`lgan stachka yuzasidan qabul qilingan qaror sababli ingliz proletariatining g’azabi oshib ketganligi, yangi tashkilotning ishchilar orasidagi faoliyati muvaffaqiyatli bo`lishiga yordam berdi, ishchilar o`z tashkilotlarini va o`zlarining sinfiy manfaatlarini qattiq turib himoya qilish zarurligini tobora ko`proq tushuna boshladilar. Leyboristlar partiyasi kollektiv a`zolik asosida tashkil qilindi, bu partiyaga butun tred-yunionlar, mustaqil ishchilar partiyasi, sotsial-demokratik federatsiya hamda boshqa ishchi tashkilotlari va partiyalari a`zo bo`lib kirdi.Partiyaning moddiy bazasi ishchi tashkilotlarining qabul-qilgan qaror asosida vujudga keltirildi.Leyboristlar partiyasi 1905 yildagi parlament saylovlarida jiddiy muvaffaqiyat qozonib, parlamentga o`zining 29 deputatini o`tkazdi.Burjuaziya Leyboristlar partiyasining moddiy bazasiga putur yetkazishga urindi. Temir yo`lchilar kasaba soyuzining a`zosi Osborn o`z xo`jayinlarining ig’vosiga uchib, o`z kasaba soyuzi ustidan sudga ariza berdi va Leyboristlar partiyasining foydasiga mendan vznos olinayotir deb da`vo qildi.


Download 73.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling