«kelishildi» tuman psixologi 2022 y. «Tasdiqlayman»
Maktab amaliyotchi psixologining ish hujjatlari va ularni yuritish yuzasidan tavsiyalar
Download 236.5 Kb.
|
Psixolog ish reja2022
Maktab amaliyotchi psixologining ish hujjatlari va ularni yuritish yuzasidan tavsiyalar.
Maktab amaliyotchi psixologining ish hujjatlari psixologik xizmat ko‘rsatishning barcha yo‘nalishlari asosida tashkil etiladi. Psixolog yillik, choraklik ish rejalari bo‘yicha ishlarni tashkil etadi hamda ish faoliyati davomida rejadan tashqari ishlarni ham amalga oshiradi. Maktab amaliyotchi psixologining yillik ish rejasi tuman (shahar)O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhi psixologi tomonidan ko‘rib chiqilib “Kelishildi” deb tasdiqlanadi, shundan keyin umumta’lim maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi muhr va imzo qo‘yilishi kerak. Yillik ish reja asosida choraklik va oylik ish rejalari tuziladi. Oylik ish reja bo‘yicha bir oy davomida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlanadi. Rejalashtirilayotgan ish hajmi psixolog tomonidan ushbu o‘quv muassasasining maqsad, vazifa, turi va talab, so‘rovlaridan kelib chiqib belgilanadi. Yillik ish rejasining tuzilishi sxemasida psixologik xizmatning 5 ta faoliyat yo‘nalishi hamda tashkiliy-metodik faoliyat va bu boradagi amalga oshiriladigan tadbirlar aks etgan bo‘lishi kerak. Psixologik xizmat ko‘rsatishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlanadi. O‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar bilan olib borilgan ishlar (individual va guruhiy suhbatlar, davra suhbatlari, o‘quv seminarlari, testlar, anketalar, so‘rovnomalar, tadbirlar v.h.zo) va ularning natijalari hujjatlarda qayd etib boriladi. Ish turlarini qayd etish jurnali psixolog tomonidan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan kundalik turli xil tadbirlarni kuzatib borish imkoniyatini beradi. Barcha axborotlar hajmining mavjudligi hisobiga psixolog o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar asosida tahliliy ma’lumot tayyorlaydi. Jurnal hujjat bo‘lib hisoblanib, uning asosida ma’muriyat, ta’lim muassasasi amaliyotchi psixologi faoliyatini nazorat qiladi. Jurnalda har bir faoliyat turi: psixologik profilaktika, psixologik targ‘ibot, psixologik diagnostika, psixologik korreksiya va rivojlantirish, psixologik konsultatsiya, tashkiliy- metodik faoliyat uchun ma’lum bir sahifalar sonini ajratish taklif etiladi(Psixolog tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ilovalarda berilgan hujjatlar namunalariga qarab to‘ldirib borish borish mumkin). Bulardan tashqari turli xil nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun ochiq bo‘lib hisoblangan umumiy hujjatlardan tashqari, har bir psixologda xizmat yuzasidan foydalanuvchi bayonnomalar, xulosalar, skrining yakuniy jadvallar va h.k hujjatlar shakli ham mavjud. Ushbu hujjatlar birgalikda, umumiy foydalanilmaydigan joyda (seyf, qulflanadigan shkaf va b.) saqlanadi va ta’lim tizimining profil mutaxassislari so‘rovi asosidagina taqdim etiladi. Ushbu hujjatlar asosida psixolog o‘qituvchilarga, ota-onalarga yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga tavsiyalar berishi, ota-onalar yoki tashqi tashkilotlar so‘roviga binoan ko‘chirma qilib berishi mumkin. Quyida ta’lim muassasasi psixologi tomonidan yuritiluvchi qayd etish va hisobot hujjatlarining ro‘yxati keltirilgan : 1. Psixologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rasmiy va me’yoriy ish hujjatlari. 2. Psixologik profilaktikaga doir hujjatlar. 3. Psixologik ta’lim va ma’rifat (tashviqot)ga doir hujjatlar. 4. Psixologik tashxisga doir hujjatlar. 5. Psixologik korreksiyaga doir hujjatlar. 6. Psixologik maslahatga doir hujjatlar. 7. Kasb-hunarga yo‘naltirishga doir hujjatlar. 8. Ish turlarini qayd etish jurnali. 9. Ish reja (o‘quv yiliga). 10.Ish grafigi. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling