«kelishildi» tuman psixologi 2022 y. «Tasdiqlayman»
Targ‘ibot-tashviqot ishlari ma’ruza shaklida bo‘lib, seminarlar, pedagogika kengashlarida, metod birlashmalarda, ota-onalar majlislarida va h.k.zolarda amalga oshirish mumkin
Download 236.5 Kb.
|
Psixolog ish reja2022
Targ‘ibot-tashviqot ishlari ma’ruza shaklida bo‘lib, seminarlar, pedagogika kengashlarida, metod birlashmalarda, ota-onalar majlislarida va h.k.zolarda amalga oshirish mumkin.Psixologik xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha maktab amaliyotchi psixologining vazifalari quyidagilarni tashkil etadi:O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqib, o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalar o‘qishi uchun qulay bo‘lgan joylarga ilib qo‘yishi, devoriy gazetalarda yangiliklar bilan ishtirok etishi hamda o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun dolzarb mavzular bo‘yicha bahs-munozaralar, tadbirlar, to‘garaklar va “Ishonch quti”sini tashkil etishi, psixologik-pedagogik konsilium (muammo, vaziyat, holatlarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish) lar o‘tkazishi, darslarni psixologik jihatdan tahlil qilish va shu asosda o‘qituvchilarga tavsiya berishidan iborat. Psixolog o‘z ish tajribasidan kelib chiqib respublika, viloyat, tuman, shahar gazeta va jurnallariga maqolalar bilan ishtirok etishi lozim. O‘quvchilar o‘rtasida doimiy ravishda turli xil mavzu (“Ehtiyot bo‘ling stress!”, “Stressdan saqlaning!”, “Giyohvandlik umr vabosi”, “Temperamentingizni bilasizmi!“, “Sizning kelajak kasbingiz”)larga oid tavsiyalar, psixologiyaga oid yangiliklar, shuningdek, o‘qituvchilar uchun: “Har bir bola bir dunyo!”, “O‘quvchi shaxsining individual psixologik xususiyatlari”, o‘quvchilarning qiziqish, qobiliyat va layoqatlarini o‘rganish bo‘yicha “Men va mening imkoniyatlarim!, ota-onalar uchun “Bolasi 1-sinfga borayotgan ota-onalar Sizlar uchun!”va h.zolar bo‘yicha “Psixolog maslahati!” devoriy gazetasida yoritib boradi. SHu bilan birga, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi, o‘qituvchi-ota-ona va bolalar, ota-onalar o‘rtasida yuzaga kelgan muammolarni o‘rganish, ular echimini topish va tegishli shaxslarga yordam berish maqsadida “Ishonch quti”si tashkil etiladi. Qutining o‘lchami: bo‘yi taxminan 20-25 sm., eni 15-20 sm.dan iborat bo‘lib, psixolog xonasi yoniga o‘rnatiladi. “Ishonch quti”ining tashkil etilishi psixolog tomonidan o‘quvchilarga (“Reklama” qilinadi. Xat muallifining ism, familiyasi yozilmasdan, agar o‘quvchi bo‘lsa, faqat sinfi ko‘rsatilib muammolari anonim tarzida qutiga tashlanadi)tushuntiriladi. “Ishonch quti”siga tushgan muammolar maktab psixologi tomonidan o‘rganib chiqiladi va quti yonida tashkil etilgan “Psixolog maslahati” devoriy gazetasida maslahat va tavsiyalar beradi. Muallif savollariga aniq javob ololmasa, berilgan javobga aniqlik kiritish maqsadida psixolog bilan muloqot o‘rnatishi mumkinligi haqida ma’lumotlar beriladi. “Ishonch quti”ga tushgan savollar psixolog tomonidan qat’iy sir saqlanishi shart. Aks holda turli nizoli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. SHuningdek, 1-sinflarga qabul qilingan olti yoshli bolalarning maktabga moslashuvi, 5-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvlari va 8-9 sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha psixoprofilaktik , psixodiagnostik va psixokorreksion ishlar amalga oshiriladi. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling