«kelishildi» tuman psixologi 2022 y. «Tasdiqlayman»


Download 236.5 Kb.
bet9/11
Sana17.06.2023
Hajmi236.5 Kb.
#1538304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixolog ish reja2022

Psixologik diagnostika bo‘yicha psixolog har bir voqea, hodisa, jarayon, holatlar asl sababini o‘rganuvchi va shu asosda taklif hamda mulohazalarni tavsiya etuvchidir.O‘quvchilarning shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlanishini, ta’lim va tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni, ularning qobiliyatlar, qiziqish va layoqatlarini hamda kasb-hunarga moyilliklarini psixologik diagnostika yordamida aniqlaydi. Mavjud kamchilik va buzilishlarning oldini olish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Agar diagnostika guruhda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u holda jurnalning 2- grafasida guruh kategoriyasi ko‘rsatiladi (masalan: 6“B” sinf) va diagnostikadan o‘quvchilar ro‘yxati ilova qilinadi. Diagnostika metodikalarini psixolog ish tajribasidan kelib chiqib bilimlariga tayangan holda o‘z nuqtai nazariga ko‘ra tanlaydi.Odatda diagnostika jarayonida bir nechta metodlar qo‘llaniladi. Qaysi metodikalardan eng ko‘p qo‘llanilsa, qayd etish jurnalida (Namunalarda berilgan ilovalarga qarab to‘ldiriladi)amalga oshirgan ishlari belgilab boriladi.
SHuningdek, umumta’lim maktablarining 1-sinflariga qabul qilingan bolalarning umumetuklik darajasi, yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, aqliy o‘zgarishlar, shaxs rivojlanishidagi sifat ko‘rsatkichlar, 4-sinf o‘quvchilarining aqliy rivojlanishidagi sifat o‘zgarishlar, 5-sinf o‘quvchilarining yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, o‘quv faoliyati, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasi (qobiliyat), shaxs sifatlari, shaxslararo munosabatlar, 9-sinfni o‘quvchilarining kasbiy qiziqishi, qobiliyat va moyilliklari o‘rganiladi.
Psixologik korreksiya yo‘nalishi bo‘yicha 1-sinfga qabul qilingan 6-7 yoshli bolalarning maktabga, 5-sinf o‘quvchilarining o‘rta sinflarga moslashuvlari, tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash bo‘yicha hamda kasb tanlashlarida muqobil qarorga ega bo‘lmagan o‘quvchilar uchun psixokorreksion ishlarni tashkil etadi.
Korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni o‘tkazishda bu ishlarni amalga oshirish dasturi ilova qilinib, unda maqsad, metodlar, ish shakli, kutilayotgan natija ko‘rsatiladi. Izohda olib borilayotgan ishning oraliq natijalari ko‘rsatiladi. Guruhiy korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni sinf jurnali, to‘garaklar yoki fakultativ mashg‘ulotlar jurnali va boshqa ko‘rinishda qayd etishi mumkin.

Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling