I. Fanning mazmuni
Fanni о‘qitishdan maqsad – magistrantlarning kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarini chuqurlashtirishi, individualligini rivojlantirishdan iborat. Keng va har tomonlama yuqori darajadagi fortepiano ijro mahoratiga, texnikasiga ega bо‘lishlari. Ansamblda, yakkaxon ijrochilikda yuksak artistizmga, erkinlikka erishish. Ijodiy imkoniyatlarni tо‘la ochib berish, musiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Zamonaviy musiqiy-pedagogik texnologiyalardan, о‘quv faoliyatini faollashtiruvchi uslublardan foydalanishi, talabalarni badiiy saviyada tarbiyalashdir.
Fortepiano (organ) ijrochilik fanini о‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - zamonaviy keng dunyoqarashga ega, yangi ijro talqinlarini yaratishga moyil, yakkanavoz sifatida, ansambl yoki orkestr badiiy jamoalarida ijodiy faoliyat olib borish, madaniyat va san’at ta’lim muassasalarida malakali sozanda-ijrochilarni tarbiyalashga о‘rgatishdan iborat. О‘qitish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
ijrochilik mahoratlarini oshirish maqsadida, har yili sahnada yakkanavoz konsert berishlari;
fortepiano yoki organda о‘qitish uslubini о‘rganish;
yirik shaklda yozilgan murakkab zamonaviy asarlarni, turli janr va yо‘nalishdagi pesalarnmi ijro etish;
mustaqil ravishda yangi asarlarni о‘rganib, kafedra tinglovlariga taqdim etish;
ijrochilikning turli yо‘nalish va uslublari (Vena klassitsizmi, romantizm, XX asr, zamonaviy oqim, Osiyo regioni virtuoz ijrochilari);
konsert ijrochilari imkoniyatlarini rivojlantirish tendensiyalari haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
professional kо‘nikmalarning tо‘liq majmuasini о‘zlashtirishni;
butun dunyo va о‘zbek fortepiano ijrochiligi uslublarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
musiqa cholg‘usida turli ijro malakalarini yanada о‘zlashtirish;
ijrochilik va pedagogik repertuarni boyitish va kо‘paytirish;
fortepiano ijrochilik san’ati rivojlanish jarayonlarni tahlil etish va tanqidiy baholash kо‘nikmalariga ega bо‘lish;
Mazkur fanni о‘zlashtirish natijasida talaba Davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, malaka va kо‘nikmaga ega bо‘lishi nazarda tutiladi, xususan: fortepiano (organ) fanining ilmiy asoslari;
turli yо‘nalishlar va davrlar kompozitorlari ijodining uslubiy jihatlarini;
mashhur pianinochilarning ijro usullari, ularning konsert repertuarlarini;
ijrochilik sifatlarini, artistlik qobiliyatlarini tarbiyalash;
uslubi va janri jihatidan xilma-xil, aksariyati zamonaviy musiqa namunalari va О‘zbekiston kompozitorlari asarlari bо‘lgan nufuzli konsert asarlaridan iborat repertuarni kengaytirish;
yakkaxon ijro vaqtida asarlar mazmunini ishonarli tarzda yetkazib berishni;
ma’ruza-konsertlarni о‘tkazish;
mavzuiy konsert chiqishlari qilish;
О‘zbekiston kompozitorlari asarlarini namunali ijro etish;
yakkaxon dasturlar bilan hamda orkestr jо‘rligida konsert chiqishlari qilish;
turli janrlar va uslublarga taalluqli asarlardan tashkil topgan konsertdasturlarini tayyorlash va chiqishlar qilish;
yuksak ijrochilik mahoratini shakllantirish;
yuksak badiiy saviyali, kompozitsiya nuqtai nazaridan mantiqan tо‘g‘ri tuzilgan yakkaxon dasturlar, hamda simfonik orkestr bilan chiqishlar qilish kо‘nikmalariga ega bо‘lish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I-bо‘lim
Fanga kirish
1-mavzu. Fanning zaruriy mazmuni va komponentlari.
Fortepiano (organ) fanining ilmiy asoslari. Ijodiy jarayonda, badiiy jamoalar bilan ijro etish. Tinglash yoki ijro jarayonida fortepiano partiyasida kamchilik va yutuqlarni tahlil qilish. Fanning ijodiy jarayonlar bilan bog‘liqligi. Iqtidorli sozanda-magistrlar uchun shaxsiy repertuarlar. Yuksak ijrochilik mahoratini shakllantirishga yordam beruvchi zamonaviy asarlar majmuasi. Jahon miqyosida yutuqlarga erishish borasida ijodiy rejalar tuzish va ijro etish: Sonata yoki variatsiyalar, virtuoz asar, Skarlattining ikkita sonatasi.
2-mavzu. Ijro dasturi
О‘quv materiallarining asosini turli davrlarda yozilgan, turli xil uslub, janr va shakllarga taalluqli bо‘lgan kompozitorlarning asarlaridan tashkil qilish.
3-mavzu. Mashg‘ulotlarda mutaxassislarning texnik mukammalligini oshirish.
Turli usullar orqali texnik kamchiliklarni bartaraf etish. Garmonik tovushlarni his qilish va ular ustida ishlash.
1-oraliq nazorat: Asarni mohiyatini tushunib, ifodali ijro etib berish. О‘tilgan mavzular moduli va bajarilgan mashq-topshiriqlar bо‘yicha baholash. Ijro dasturini topshirish:
1. Skarlattining ikkita sonatasi ijro etish.
4-mavzu. Ijodiy meyorlar.
Asarlar о‘rganish, yodlash meyorlarini inobatga olgan holda ijro dasturini tanlash. Talabaning individualligiga asoslangan asarlarning hajmi, qiyinchilik darajasi ahamiyatga ega. Musiqa san’atida ijrochilikning ilmiy-amaliy asoslari. Ijrochilik vazifalari ustida ishlash.
5-mavzu. Yakuniy nazorat.
Dasturda ijro etilayotgan asarlarni badiiy obrazi, xarakterini meyoriga yetkazish. Dastur bо‘yicha yakuniy nazorat haftaligiga berilgan mutaxassisga muvofiq tayyorlash. О‘tilgan mavzular moduli va bajarilgan mashq topshiriqlar bо‘yicha baholash va ijro dasturini topshirish:
1. Yirik Sonata (barcha qismdan iborat) yoki Variatsiyalar;
2. Virtuoz asar ijro etish.
II-bо‘lim.
Musiqiy asarlarni yuqori darajada ijro etishda barcha ijro usullaridan foydalanish.
1-mavzu. О‘zbekiston bastakorlari asarlari.
О‘zbek kompozitorlarining fortepiano uchun yaratilgan pyesalar xaqida tо‘liq ma’lumot berish. Shu bilan birga taniqli pianistlar ijrosini tinglash. Intonatsiya, tovush, pedal, ritmik, motiv, fraza, period, shaql ustida chukur ishlash. Musiqa yо‘nalishi bо‘yicha kо‘rsatilgan stilga yaqinlashtirish.
2-mavzu. О‘zbekiston kompozitor asarlarining fortepiano
shakli ustida ishlash.
Fortepiano asarlarida shakl ustida ishlash katta ahamiyatiga ega. Shu sababli asarni mohiyatini tushunib, ifodali ijro etish zarur.
1-oraliq nazorat: о‘tilgan mavzu moduli va bajarilgan mashq-topshiriqlar bо‘yicha baholash:
- Turli xarakterdagi о‘zbek kompozitor tomonidan yaratilgan xarakterli pyesa.
3-mavzu. Fortepiano ijrochiligining pedagogika
va amaliy vazifalari va ishlash uslublari.
Murakkab polifonik - original (yoki qayta ishlangan), konsert yoki sonatalar (barcha qismdan iborat), kengaytirilgan asar - pyesa yoki pyesalar sikli, kengaytirilgan yoki siklik konsert asarlari ustida ishlash. Dastur ijro asarining yozma tahliliy bayoni. Turli janrlarda ijro etilayotgan asarlar mazmuniga mos ravishda talqin qilinishi, har bir ijrochi oldida qо‘yilgan vazifalardan biri. Bu yо‘nalishda samarali natijalar albatta ijro malakalarini о‘stirishda amalga oshirilgan ishlarga bog‘liqdir.
Eslatma: Butun dastur XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrda yozilishi kerak.
4-mavzu. Fortepiano ijrochiligi uchun
amaliyot jarayonida muhim omillardan biri bо‘lgan
pedagogika tamoyillari asoslari.
Fortepiano cholg‘usi о‘ziga xos xususiyatga ega. Shu cholg‘uda ijro etish jarayonida tovushni ravon, tiniq ijrosi, uni imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan о‘zlashtirish talab etiladi. Cholg‘uda tovushni yanada tiniq, ravshan ijrosi ustida ishlash.О‘qituvchi har bitta mutaxassisliga о‘z ijrosini mukammal darajada bо‘lishiga yordam berishi kerak.
5-mavzu. Yakuniy nazorat.
Dasturda ijro etilayotgan asarlarni badiiy obrazi, xarakterini meyoriga yetkazish. Dastur bо‘yicha yakuniy nazorat haftaligiga berilgan mutaxassisga muvofiq tayyorlash. О‘tilgan mavzular moduli va bajarilgan mashq topshiriqlar bо‘yicha baholash va ijro dasturini topshirish:
1. Polifonik asar - original yoki qayta ishlangan;
2. Konsert yoki sonatalar (barcha qismdan iborat);
3. Kengaytirilgan asar - pyesa yoki pyesalar sikli.
Eslatma: Butun dastur XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrda yozilishi kerak.
III-bо‘lim.
Ijrochilik va pedagogik repertuarni boyitish va rivojlantirish
1-mavzu. Davlat attestatsiya dasturini tanlash.
Uslub va janr jihatidan xilma-xil, aksariyati zamonaviy musiqa namunalari, О‘zbekiston kompozitorlarining nufuzli konsert asarlari bilan repertuarni kengaytirish.
2-mavzu. Fortepiano (organ) fanining ilmiy asoslari.
Ijodiy jarayonda, badiiy jamoalar bilan ijro etish. Tinglash yoki ijro jarayonida uchraydigan kamchilik va yutuqlarni tahlil qilish. Iqtidorli sozanda-magistrlar uchun shaxsiy repertuarning tanlash, ijodiy jarayon bilan bog‘liqligi. Yuksak ijrochilik mahoratini shakllantirishga yordam beruvchi zamonaviy asarlar majmuasi. Jahon miqyosida yutuqlarga erishish borasida ijodiy rejalar tuzish - polifonik asar (original yoki qayta ishlangan); kengaytirilgan asar, pyesa, yoki pyesalar sikli; sonata va onsert (barcha qismdan iborat). Mutaxassisning individualligiga asoslangan asarlarning hajmi, qiyinlik darajasi.
3-mavzu. Yakuniy nazorat.
Dasturda ijro etilayotgan asarlarni badiiy obrazi, xarakterini meyoriga yetkazish. Dastur bо‘yicha yakuniy nazorat haftaligiga berilgan mutaxassisga muvofiq tayyorlash. О‘tilgan mavzular moduli va bajarilgan mashq topshiriqlar bо‘yicha baholash va ijro dasturini topshirish:
1. Davlat dasturidan ikkita asarni ijro etish.
IV-bо‘lim.
1-mavzu. Davlat attestatsiya dasturini ustida ishlash.
Musiqa ijrochiligi ta’limi albatta birinchi galda mohirona ijro etish kо‘nikmalarini shakllantirishni talab etadi. Turli janrlarda ijro etilayotgan asarlar mazmuniga mos ravishda talqin qilinishi har bir ijrochi oldida qо‘yilgan vazifadir. Bu yо‘nalishda samarali natijalar albatta ijro malakalarini revojlanishida amalga oshiriladigan ishlarga bog‘liq.
2-mavzu. Bitiruv dasturidagi asarlarni sahnada ijro etishga tayyorlash.
Bitiruv dasturini tayyorlashda mashqlarning ahamiyati katta. Asarlarni muntazam о‘rganib, sahnada ijro etish uchun mukammal tayyorlash kerak bо‘ladi. Dasturda ijro etilayotgan asarlarni badiiy obrazi, xarakterini meyoriga yetkazish. Asarlar yoddan ijro etiladi.
3-mavzu. Yakuniy nazorat.
Dastur bо‘yicha yakuniy nazorat haftaligiga berilgan talablarga muvofiq tayyorlash bо‘yicha baholash. Tо‘liq davlat dasturining bajarishi.
4-mavzu. Davlat attestatsiyasi.
Magistrilik dissertatsiyani ximoya qilish.
Dasturi:
1. Polifonik asar (original yoki qayta ishlangan);
2. Sonata (barcha qismdan iborat) yoki variatsiyalar;
3. Kengaytirilgan asar yoki siklik konsert asarlari;
4. О‘zbekiston bastakorlari asarlari;
5. Konsert (butunligicha);
6. Magistr dissertatsiyasi.
Izoh: a) agar yirik shaklda fuga mavjud bо‘lsa, polifonik asarni ijro etmaslik mumkin;
b) hamma magistrlik dasturlarida turli janr, usul, yо‘nalishlar, milliy maktablar va albatta О‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo bastakorlarining asarlari bо‘lishi kerak;
v) magistrant uchun dastur tuzayotganda bо‘lajak magistrning ijodiy barkamolligi va professional tayyorgarligini hisobga olish zarur;
g) magistrlik dasturi, janr va stilistik xilma-xillikni aks ettirishi kerak, ichki bir butunlikka ega bо‘lishi darkor.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bо‘yicha kо‘rsatma va tavsiyalar
Magistrlik dissertatsiya ishi о‘quv rejada kо‘rsatilgan turi bо‘yicha yoziladi.
Fortepiano texnikasi asoslarini о‘zlashtirish, badiiy obraz, ijrochilik xususiyatlari, dinamika va asarni emotsional (his-tuyg‘uli) kо‘rsatib berish ustida yanadan ish olib borish, 2 yil davomida fortepiano texnikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan maxsus malakalar, ijro etish usullari va kompozitor ijodining yо‘nalishlari haqida bilimlar rivojlantiriladi. Talabalar oldiga qо‘yiladigan vazifalar dastur talablari murakkablashuvi bilan belgilanadi.
Yakka (amaliy) mashg‘ulotlar cholg‘ular bilan jihozlangn auditoriyada bir talaba uchun professor-о‘qituvchi tomonidan dars о‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlarda faol va interaktiv usullar yordamida о‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qо‘llanilishi maqsadga muvofiq.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Ijrochilik mahoratini rivojlantirish ustida ishlash;
2. Cholg‘uda tovushni yanada tiniq, ravshan ijrosi ustida ishlash;
3. Musiqiy asarlarni yuqori darajada ijro etishda barcha ijro usullaridan foydalanish;
4. Akademik konsertda murakkab asarlarni о‘rganib yuqori natijalarga erishish;
5. Klassik kompozitorlarning yirik shakldagi (sonata, konsert) asari va syuita (solo) о‘rganish va yoddan ijro etish;
6. Ijrochilik texnikasini rivojlantirish ustida ishlash;
7. Badiiy asarlarni mustaqil ravishda tahlil qilib о‘rganish.
|