Kelishilgan


Download 496 Kb.
bet31/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

Bolalar qo'shiqlarining ham kattalar aytadigan mehnat, mavsum-marosim, lirik qo'shiqlardan farqli jihatlari bor.
Jumladan, bolalar qo'shiqlari ko'pincha mavsumiy xususi­yatlarga ega bo'lib, ko'pincha qo'l-oyoq harakatlari bilan ijro etiladi. «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «Oq te­rakmi, ko'k terak», «Chitti gu1», «Laylak keldi, yoz bo'ldi», «Yomg'ir yog'aloq» kabi o'nlab qo'shiqlar bolalar qo'shiqlari namunalaridir.
Bu qo'shiq misralaridagi bo'g'inlar soni 6-8 tadan osh­maydi. Misralar soli esa 6, 8, 10 va undan ortiq bo'lishi mumkin. Bolalar qo'shiqlari o'z mazmuniga ko'ra yilning to'rt faslida aytilishi mumkin. Bahor faslidagi tabiatning uyg'onishi yosh bolalar ruhiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Qish bo'yi qorayib ketgan qorlarning erib ketishi, dalalar­rung ko'm-ko'k maysalar bilan qoplanishi, meva daraxtla­fining gullashi - hammasi bolalarning ichlariga sig'may qo'shiq aytishlariga sabab bo'ladi. «Boychechak» qo'shig'i ana shunday paytlarda aytiladi. Uni yakkaxon qo'shiqchi boshlab beradi, ko'pchilik naqarotiga qo'shilib aytadi:
Boychechagim boylandi,
Qozon to'la ayrondi,
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog'ing vayrondi.
Naqarot:
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Filologiya fanlari doktori, professor O. Safarovning ta'kidlashicha, yoz mavsumida bolalar issiq kunlaming ke­lishidan quvonib, cho'milish kunlariga, mevalarning pishishiga atab qo'shiqlar aytishgan:
Shaftoli pishdi,
Tagiga tushdi.
Xomini uzdim,
Dadam urishdi.
Yoki:


Laylak keldi yoz bo'ldi,
Qanoti qog'oz bo 'ldi,
Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Halqani opqochaylik,
El boshiga sochaylik.
Elning murodi kulsin,
Laylak balandroq uchsin.
Shuningdek, qish faslida qor kurash paytida ham bolalar tabiatdagi bunday o'zgarishlarga mos qo'shiqlar kuylashgan.
Qor yog'di gupillatib,
Qor buva to 'qillatib.
Kirib keldi maktabga,
Soqolini selkillatib.
Bolalar qo'shiqlarida chumchuq, qirg'iy, qarg'a, kaklik, musicha kabi qushlarga va echki, qo'zi, quyon, it kabi hayvonlarga atab yaratilganlari ham ko'p uchraydi:
Ag'am-bag'am tishini ko'rdim,
Yugurganda tilini ko'rdim,
U chopardi dukur-dukur,
Quyon ekan harom o’lgur.
Ma'lum bo'ladiki, bolalar tomonidan ijro etiladigan qo'shiqlar ko'proq yil fasllariga, qush va hayvonlarga bag'ishlangan bo'lib, ularda ko'pincha qo'shiqda aks etgan bahor, yoz, qish yoki narsa-predmetlarga nisbatan muno­sabatlar badiiy ifodasini topadi.

Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling