5.2. Azizbek ISOMIDDINOV – duradgorga 2021-yil 20-maydan 2022-yil 19-maygacha ishlagan vaqti uchun 15 ish kunidan iborat 2022-yil 1-iyundan 17-iyungacha navbatdagi mehnat ta’tili berilsin. Unga 18 ish kuni hisobidan ta’til puli to‘lansin. Ishga chiqish vaqti 2022-yil 18-iyundan.
Asos: A.Isomiddinovning arizasi, mehnat ta’tillari jadvali.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
6. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida:
Jasminabonu TOYCHIBOYEVA – o‘rindoshlik asosidagi pedagogika-psixologiya fakulteti ish yurituvchisi o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan 2022-yil 1-iyundan ozod qilingan hisoblansin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan 4 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2022-yil 1-iyun kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: J.Toychiboyevaning arizasi, MKning 99, 151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Rektor v.v.b. R.Shukurov
Buyruq kadrlar bo‘limida tayyorlandi:
Bajardi Z.Abdumajidova
Mas’ul:
KB boshlig‘i J.Dadaboyeva
Kelishilgan:
YMMMIB birinchi prorektor P.Otaqulov
O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Shukurov
Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.O‘rinov
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov
Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor D.Darmonov
TOIMMBTMB rektor maslahatchisi N.Maqsudov
KQK “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i A.Turaxanov
MRB boshlig‘i U.G‘ulomov
Huquqshunos A.So‘fiyev
Bosh hisobchi Z.Mamatqulov
№237-к
03.06.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
Qo‘shimcha vazifa yuklash to‘g‘risida:
Raxmatillo SHUKUROV – o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga 2022-yil 4-iyundan 11-iyungacha rasmiy hujjatlarga imzo qo‘ygan tarzda (moliyaviy hujjatlardan tashqari) rektor vazifasini vaqtincha qo‘shimcha bajarish yuklatilsin va unga rektor lavozim maoshining o‘ttiz foiz miqdorida qo‘shimcha haq belgilansin.
Buxgalteriyaga 2022-yil 4-iyundan R.Shukurovning qo‘shimcha ish haqini hisoblash va to‘lash vazifasi yuklatilsin.
Asos: Bir necha kasbda va lavozimda ishlash to‘g‘risida Nizom, MKning 160-moddasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
Do'stlaringiz bilan baham: |