3. Komissiya tuzish to‘g‘risida:
A.O‘rinov zimmasida bo‘lgan moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorga tegishli bo‘lgan rasmiy hujjat va moddiy qimmatliklarni D.Darmonov zimmasiga topshirish-qabul qilish bo‘yicha quyidagi tarkibda komissiya tuzilsin:
R.Shukurov – o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, rais;
Z.Mamatqulov – bosh hisobchi, a’zo;
Z.Xasanova – hisobchi, a’zo.
Komissiya (R.Shukurov)ga 2 kun muddat ichida topshirish-qabul qilish ishlarini rasmiylashtirish vazifasi topshirilsin.
Rektor B.Shermuhammadov
Buyruq kadrlar bo‘limida tayyorlandi:
Bajardi Z.Abdumajidova
Mas’ul:
KB boshlig‘i J.Dadaboyeva
Kelishilgan:
YMMMIB birinchi prorektor P.Otaqulov
O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Shukurov
Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.O‘rinov
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov
Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor D.Darmonov
TOIMMBTMB rektor maslahatchisi N.Maqsudov
KQK “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i A.Turaxanov
MRB boshlig‘i U.G‘ulomov
Huquqshunos A.So‘fiyev
Bosh hisobchi Z.Mamatqulov
№235-к
02.06.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Ishga qabul qilish to‘g‘risida:
Xayitbay XAFIZOV – 2022-yil 2-iyundan xo‘jalik bo‘limiga ko‘cha supuruvchi lavozimiga 1,0 (to‘liq) asosiy ish o‘rniga ishga qabul qilinsin va unga YTJning 2-razryadi bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan oylik maosh belgilansin.
Asos: X.Xafizovning arizasi, MKning 82-moddasi, 2022317-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
2. Qo‘shimcha ishlashga ruxsat berish to‘g‘risida:
2.1. Iqboljon QIRG‘IZOV – musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasi o‘qituvchisiga 2022-yil 2-iyundan 2021-2022-o‘quv yili yakunigacha 0,25 ish o‘rnida mazkur kafedrada bo‘sh bo‘lgan o‘qituvchi lavozimida qo‘shimcha ishlashga ruxsat berilsin va unga bazaviy lavozim maoshi miqdori to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 1375150 so‘m qilib belgilansin.
Asos: I.Qirg‘izovning arizasi, MKning 160-moddasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Do'stlaringiz bilan baham: |