4. Komissiya tuzish to‘g‘risida:
X.Qalambekov zimmasida bo‘lgan Oqbilol o‘quv poligoni bo‘yicha rasmiy hujjat va moddiy qimmatliklarni T.To‘ychiyev zimmasiga topshirish-qabul qilish bo‘yicha quyidagi tarkibda komissiya tuzilsin:
G.Yakubov – bosh auditor, rais;
M.Madg’oziyev – xo’jalik bo’limi boshlig’i, a’zo;
A.Ahmadjonov – hisobchi, a’zo.
Komissiya (G.Yakubov)ga 2 kun muddat ichida topshirish-qabul qilish ishlarini rasmiylashtirish vazifasi topshirilsin.
Rektor B.Shermuhammadov
Buyruq kadrlar bo‘limida tayyorlandi:
Bajardi Z.Abdumajidova
Mas’ul:
KB boshlig‘i J.Dadaboyeva
Kelishilgan:
YMMMIB birinchi prorektor P.Otaqulov
O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Shukurov
Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.O’rinov
Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor v.v.b. A.Asraqulov
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov
KQK “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i A.Turaxanov
MRB boshlig‘i U.G’ulomov
Huquqshunos A.So‘fiyev
Bosh hisobchi Z.Mamatqulov
№114-к
18.03.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish to‘g‘risida:
1.1. O‘tkurjon REJAPOV – Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi mutaxassisligi 1-kurs magistranti 2022-yil 18-martdan taqvim yil yakunigacha o‘rindoshlik asosida 0,5 ish o‘rnida sport klubiga voleybol bo‘yicha murabbiy lavozimiga ishga qabul qilinsin va unga bazaviy lavozim maoshi 1500000 so‘m miqdorida sport klubi mablag‘lari hisobidan belgilansin.
Asos: O‘.Rejapovning arizasi, MKning 160-moddasi, OT to‘g‘risidagi Nizom, 2022238-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
1.2. Zilolaxon TURSUNALIYEVA – Qo‘qon davlat pedagogika instituti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi 2-kurs magistranti 2022-yil 18-martdan 2021-2022-o‘quv yili yakunigacha o‘rindoshlik asosida 0,5 ish o‘rnida gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinsin va unga bazaviy lavozim maoshi to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 2455625 so‘m miqdorida belgilansin.
Asos: Z.Tursunaliyevaning arizasi, MKning 160-moddasi, OT to‘g‘risidagi Nizom, 2022239-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
Do'stlaringiz bilan baham: |