Kengayish termometrlari. Suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlar
xillarga bo‗linadi: 1.Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar (keng miqyosda qo‗llaniladigan termometrlar): а)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
4 (1)
xillarga bo‗linadi:
1.Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar (keng miqyosda qo‗llaniladigan termometrlar): а) simobli termometrlar (–35 dan +600°С gacha); b) органик suyuqlikli termometrlar (–200 dan +200°С gacha); 2.Ko‘rsatishlariga pasportga binoan tuzatish kiritiladigan termometrlar: а) aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (–35 dan +600°С gacha); b) aniq o‗lchovlarga mo‗ljallangan simobli termometrlar (0 dan +500°С gacha); v) organik suyuqlikli termometrlar (–80 dan +100°С gacha). Konstruksiyalarining xilma-xilligiga qaramay barcha suyuqlikli termometrlar ikki asosiy turning biriga: tayoqcha shaklidagi yoki shkalasi ichiga o‘rnatilgan termometrlar turiga tegishli bo‗ladi. Tayoqcha shaklidagi termometr (5.1-rasm, a) qalin devorli, tashqi diametri 6 ... 8 mm ga teng qilib tayyorlangan kapillyar naychadan iborat. Naychaning pastki qismi suyuqlik saqlanadigan rezervuar hosil qiladi. Ularning shkalasi bevosita kapillyarning sirtida darajalanadi. Shkalasi ichiga o‗rnatilgan termometrlarda (5.1-rasm, b) kapillyar naychasi ingichka devorli bo‗lib, simob rezervuari kengaytirilgan. Shkala darajalari sut rang yassi shisha plastinkada joylashgan va kapillyar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan shisha qobiq ichiga olingan. Hozirgi vaqtda shkalasi ichiga o‗rnatilgan yoki burchakli (termometrning pastki kismi 90°, 120° va 135° li burchak hosil qiladi) texnik termometrlar tayyorlanadi. Yuqori darajali termometrlarda kapillyardagi suyuqlik ustidagi bo‗shliq inert gaz bilan to‗ldiriladi. Temperaturaning ma‘lum darajada saqlanishini avtomatik ravishda ta‘minlash va uning ma‘lum qiymatini signalizatsiya qilish uchun kontaktli termometrlar qo‗llaniladi. Bunday termometrlar ikki yoki undan ko‗proq kontaktli bo‗lib, yuqoridagi kontakt o‗rni o‗zgaruvchan bo‗ladi. Temperaturani suyuqlikli shisha termometr bilan o‗lchash aniqligidagi yo‗l qo‗yiladigan xatolar bir qator faktorlarga bog‗liq: tekshirilmagan shkala bo‗linmalari uchun kiritiladigan tuzatish qiymatining noaniqligi; nol nuqtasining o‗zgarishi; termometrning o‗lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligi, tashqi bosimning o‗zgarishi; termometr inersiyasining va rezervuar bilan atrof-muhit issiqligining muvozanati. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling