Kengayish termometrlari. Suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlar
Dilatometr va bimetalli termometrlar
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
4 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2-rasm.Dilatometrik termometrning tuzilish sxemasi.
Dilatometr va bimetalli termometrlarning ishlash prinsipi temperatura
o‗zgarishida qattiq jism chiziqli mikdorining o‗zgarishi asoslangan. Temperatura o‗zgarishiga bog‗liq bo‗lgan qattiq jism chiziqli miqdorining o‗zgarishi formula orqali quyidagicha ifodalanadi: l t = l 0 ( 1+ t r ), (5.3) bu yerda l t — t temperaturada qattiq jismning uzunligi; l 0 — shu jismning 0°С dagi uzunligi; r — o‗rtacha chiziqli kengayish koeffitsiyent (0°S dan t°С gacha bo‗lgan temperaturalar oralig‗ida). 5.2- rasmda dilatometrik termometrning tuzilish sxemasi tasvirlangan. Bu asbobda sezgir element sifatida katta chiziqli kengayish koeffitsiyentiga ega bo‗lgan materialdan (jez va mis) tayyorlangan naycha 2 qo‗llanilgan. Korpus 3 ga kavsharlangan naycha ichida sterjen 1 joylashgan. Sterjen chiziqli kengayish koeffitsiyenti kichik bo‗lgan material (masalan, invar) dan ishlangan. O‗lchanayotgan muhitning temperaturasi ko‗tarilishi bilan naycha 2 uzayadi. Bu hol sterjen 1 ning siljishiga olib keladi. Shunda prujina 9 shayn 4 ning bo‗sh tomonini pastga tushiradi, o‗z navbatida u tortqi 8 va tishli sektor 7 orqali strelka 6 ni uning o‗qi atrofida aylantiradi. Strelka esa shkala 5 da o‗lchanayotgan temperatura qiymatini ko‗rsatadi. 5.2-rasm.Dilatometrik termometrning tuzilish sxemasi. Dilatometrik termometrlar suyuqliklar temperaturasini o‗lchashda hamda temperaturani ma‘lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada qo‗llanadi. Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlik klasslarida chiqariladi, ularning yuqorigi o‗lchash chegarasi 500°С gacha. 150°С dan oshmagan temperaturalar uchun naycha jezdan, sterjen esa invardan ishlanadi, undan yuqori temperaturalar uchun naycha zanglamas po‗latdan, sterjen esa kvarsdan ishlanadi. Afzalliklari: ishonchliligi va sezgirligi yuqori. Kamchiliklari: asbob o‗lchamlarining kattaligi, temperaturaning bir nuqtada emas, balki hajmda o‗lchanishi, issiklik inersiyasining kattaligi, ko‗rsatkichlarni masofaga uzatish mumkin emas. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling