Keramik materiallar turlari, xossalari va ishlatilishi
Shisha va shisha buyumlar tayorlash uchun xom-ashyolar
Download 26.88 Kb.
|
ҚМБ фанидан лотинча
Shisha va shisha buyumlar tayorlash uchun xom-ashyolar
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan sinflarga bo‘linadi: kimyoviy tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar. Qattiq, amorf, optik diapazonning u yoki bu sohasida (tarkibiga qarab) shaffof bo‘lgan, tarkibida shisha hosil qiluvchi qo‘shimchalar (kremniy, bor alyuminiy va boshqalarning oksidlari) hamda metall (litiy, kaliy, magniy, qo‘rg‘oshin va boshqalar) oksidlari bo‘lgan o‘ta sovitilgan suyuq mineral eritmalardan olinadigan material shisha deb ataladi. Vazifasiga ko‘ra shishalar qurilish oynalari (deraza oynasi , naqshli, shishabloklari va hokazo), texnik shisha (kvarsli, yorug‘lik-texnika, shisha tola), navli shisha va hokazolarga bo‘linadi. Shisha tayyorlash uchun - sof kvars qum, - ohaktosh dolomit, - kalsinirlangan soda - natriy sulfat asosiy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Qum tuproq va boshqa komponentlardan tashkil topgan xom-ashyo aralashmasini yuqori haroratda eritishdan hosil bo‘lgan quyiq massani, o‘ta tezlikda sovutish natijasida olingan shaffof materialga shisha deyiladi. Shisha aniq bir ximiyaviy formulaga ega bo‘lgan modda emas. Uning ximiyaviy tarkibi, odatda undagi oksidlarning miqdori orqali ifodalanadi (masalan, oddiy deraza oynasini tarkibi SiO2 –71-72%; Na2O –14-15 %; CaO – 6,5-7 %; MgO – 4%; Al2O3 – 2%. Ishlatilish sohasiga ko‘ra shisha bir necha guruhlarga bo‘linadi. Shulardan qurilishda keng miqiyosda qo‘llaniladigani silikat shishadir. Xom-ashyo. Shisha tayyorlash uchun sof kvars qumi, ohaktosh, dolomit, kalsinirlangan soda yoki natriy sulfat asosiy xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Shisha buyumlarning xossalarini yaxshilash maqsadida xom-ashyo tarkibiga bor oksidi (issiqlikka chidamliligini oshiradi), alyuminiy (mustahkamligini va kimyoviy chidamliligini oshiradi), ftor, rux va boshqalar kiritiladi. Pardozbop rangli shisha ishlab chiqarishda mis, xrom, temir, kobalt va boshqa metallarning oksidlaridan foydalaniladi. Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling