Keramik materiallar turlari, xossalari va ishlatilishi
Shisha ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 26.88 Kb.
|
ҚМБ фанидан лотинча
Shisha ishlab chiqarish texnologiyasi
Shisha ishlab chiqarish texnologiyasi asosan quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: xom-ashyo materiallarini tayyorlash (boyitish, quritish, maydalash) shixta tayyorlash (komponentlarini o‘lchash, aralashtirish va yumaloklash) shisha pishirish pechlarida 1400°-1500°Sda suyuqlantirish, shisha massasini kerakli haroratgacha sovutish (optimal qovushqoqlikka ega bo‘lish) va hosil qilingan quyuq massadan buyumlar qoliplash; buyumlarga termik, mexanik va kimyoviy ishlov berish. Shisha ishlab chiqarishda eng murakkab va asosiy jarayon shisha massasini pishirishdir. Shisha pishirish uchun o‘tga chidamli materiallardan qurilgan vanna va tuvak tipidagi pechlardan foydalaniladi. Xom-ashyo aralashmasini 1100°-1150°S gacha qizdirilganda, avval qattiq, so‘ng eritma holatda silikatlar hosil bo‘ladi. Haroratni yanada oshirish natijasida xom-ashyodagi qiyin eruvchi moddalar (SiO2, Al2O3) eriydi. Hosil bo‘lgan shisha massasini tarkibi bir jinsli bo‘lmaydi va u gaz pufakchalari bilan to‘yingan bo‘ladi. Silikatli shisha 15000S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800-9000S yetganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-12000S bo‘lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 15000S chiqib ketadi va shisha qiyomiga yetadi. Massani qoliplash harorati 200-3000S atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. SiO2, Al2O3, ZrO2 oksidlari massani quyuqlashtirsa, Na2O, CaO, Li2O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. Shisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta o‘tishga olib keladi. Shisha massa tarkibini gomogenlashtirish (bir hil, bir jinsli) va gaz pufakchalaridan tozalash uchun harorat 1500°-1600°S ga ko‘tariladi. So‘ng harorat qoliplanuvchan quyiqlikdagi massa hosil bo‘lguncha pasaytiriladi. Qoliplash usuli ishlab chiqariladigan buyum turiga bog‘liq. Qurilish oynasi ishlab chiqarishda cho‘zish, prokatlash va presslash usullaridan foydalaniladi. Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling