Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja


Download 356.74 Kb.
bet5/11
Sana21.06.2023
Hajmi356.74 Kb.
#1642185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi

O‘tga chidamlilik - giltuproqning yuqori harorat ta’sirida deformatsiyalanmasdan bardosh berish xossasidir. O‘tga chidamliligiga ko‘ra giltuproq uch guruhga bo‘linadi: o‘tga chidamli (erish harorati 1580 dan yuqori), qiyin eriydigan (1350-15800S) va oson eriydigan (13500 S dan past) giltuproq.
Pishirish davomida giltuproqning toshsimon holatga o‘tishi. Keramik buyumlarni yuqori haroratlarda pishirish jarayonida giltuproqda bir qator fizikaviy-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Avvalo, erkin birikkan suv bug‘lanadi, keyin organik moddalar yonib ketadi. Hararat 450-6000S bo‘lganda kaolinit degidratlanib metakaolinit AL2O32SiO2 hosil bo‘ladi. Harorat 700-8000S ga etganda suvsiz metakaolinit parchalanadi. Keyinchalik, harorat 9000S va undan yuqori bo‘lganda parchalanish natijasida hosil bo‘lgan AL2O3 vaSiO2 o‘zaro birikib sun’iy mineral – mullit - 3AL2O32SiO2 hosil qiladi. Mullit pishirilgan keramik buyumlarga mustahkamlik, suvga chidamlilik, termik chidamlilik xossalarini beradi. Mullit hosil bo‘lishi bilan birga giltuproq tarkibidagi oson eriydigan birikmalar suyuqlanib, ashyoning mustahkamligini oshiradi, Keramik materiallar toshsimon holatga o‘tadi.
G‘isht va boshqa g‘ovak keramik buyumlarni pishirish odatda 950-10000S da olib boriladi. Harorat bundan yuqori bo‘lganda ashyoda suyuq silikat eritma hosil bo‘lib, keramik ashyoning zichligi oshadi. Natijada suv shimuvchanligi kichik (5% gacha) bo‘lgan zich Keramik buyumlar olinadi.
Giltuproq tarkibida kvars qum bo‘ladi, ba’zi hollarda qum yuqori plastik giltuproqlarga plastiklikni kamaytiradigan qo‘shimcha sifatida qo‘shiladi. Harorat o‘zgarishi bilan kvarsda poliamorf o‘zgarishlar ro‘y beradi. Tabiatda eng ko‘p uchraydigan -kvars harorat 5730S bo‘lganda -kvarsga o‘tadi va bunda uning hajmi 0,82% ga oshadi. Kvarsning bu shakli 10500S gacha chidamli. SHuning uchun 10500S gacha haroratda pishirilgan Keramik buyumlar sovutilganda -kvars yana -kvarsga aylanadi va hajmi kichrayadi.
Harorat 10500S dan yuqori bo‘lganda -kvars -kristabolit­ga, 1400-14500S bo‘lganda -tridimitga o‘tadi va hajmi 0,6% ga o‘zgaradi. 17230S haroratda kvars eriydi. Pishirish jarayonida kvars zarrachalari hajmining o‘zgarishi keramik buyumlarning mustahkamligiga ta’sir qiladi.
Copol buyumlar ishlab chiqarishning umumiy tizimi

Download 356.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling